Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Albaniya Prezidenti Bayram Begay O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi

17.06.2026, 17:17874

Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay va rafiqasi Armanda Begay O‘zbekistonga amalga oshirayotgan rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonga Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov hamroqlik qildi.

Oliy martabali mehmonlarni Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov kutib oldi hamda ularga majmuaning konsepsiyasi, espozitsiyalari va ilmiy-ma’rifiy faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tashrif davomida Prezident Bayram Begay Markazning ulkan me’moriy qiyofasi va zamonaviy ekspozitsiyalari bilan tanishar ekan, bunday ko‘lamdagi madaniy-ma’rifiy majmuani birinchi bor ko‘rayotganini ta’kidladi.

Mehmonlar dastlab Buyuk siymolar galereyasini tomosha qildi. Bu yerda joylashtirilgan interaktiv panellar, multimedia texnologiyalari hamda ma’lumotlarning bir nechta tilda taqdim etilishi Albaniya delegatsiyasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Islomgacha bo‘lgan davr sivilizatsiyalariga bag‘ishlangan ekspozitsiyalarda O‘zbekiston hududida shakllangan qadimiy madaniyat va davlatchilik tarixi namoyish etildi. Xususan, Kampirtepa arxeologik yodgorligi asosida yaratilgan maxsus ekspozitsiya, Baqtriya sivilizatsiyasiga oid noyob artefaktlar hamda Buyuk ipak yo‘lining mamlakatimiz tarixi bilan uzviy bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Sug‘d sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan zaldagi qushlar tasviri tushirilgan nodir kulolchilik namunalari, shuningdek, virtual texnologiyalar orqali qadimgi sivilizatsiyalar hayotini namoyish etish imkoniyati yuksak baholandi.

Birinchi Renessans davri ekspozitsiyalarida Mag‘oki Attor masjidi tarixi, saljuqiylar davriga oid nodir taqinchoqlar, uzuk va bilakuzuklar mehmonlarning alohida e’tiborini tortdi. Prezident Bayram Begay mazkur san’at namunalaridagi yuksak mahorat va nozik ishlovni yuqori baholab, o‘rta asrlarda bunday darajadagi hunarmandchilik mahsulining yaratilgani hayratlanarli ekanini ta’kidladi.

Ekspozitsiyadan o‘rin olgan muqaddas Ka’bapo‘sh — kisva namunalari ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ikkinchi Renessans davriga bag‘ishlangan bo‘limda esa Amir Temur davriga oid shaxmat donachalari, miniatyura san’ati namunalari hamda yevropalik olimlarning Sohibqiron haqidagi asarlari namoyish etildi. Suhbat chog‘ida Amir Temurning jahon sivilizatsiyasi va davlatchilik tarixi taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining modeli va buyuk allomaning astronomiya sohasidagi ilmiy merosi ham mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Sulton Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy o‘rtasidagi ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy munosabatlarni aks ettiruvchi ekspozitsiyalar ilm-fan va ma’rifatga berilgan yuksak e’tibor namunasi sifatida baholandi.

Qur’oni karim oyatlari bitilgan nodir tarixiy libos, qadimiy qo‘lyozmalar va noyob xattotlik namunalari ham Albaniya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi. Mehmonlar mazkur asarlarning asrlar davomida saqlanib kelgani va ularda mujassam bo‘lgan yuksak ma’naviy merosni alohida e’tirof etdi.

“O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish men uchun katta mamnuniyat bo‘ldi. Prezidentingizning uzoqni ko‘zlagan tashabbusi va qarashlari natijasida barpo etilgan ushbu muhtasham markaz nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun bebaho xazinadir. Bu yerga ko‘plab mehmonlar va sayyohlar tashrif buyuradi. Eng muhimi, yosh avlod shu yerda mamlakatingizning boy tarixi va sivilizatsion merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi”, — dedi Albaniya Prezidenti.

Shuningdek, davlat rahbari V Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish men uchun muhim tajriba bo‘ldi. Bu forumda birinchi marta qatnashdim. Forum tadbirkorlarimiz uchun yangi sheriklar topish, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bunday uchrashuvlar xalqlarimiz va davlatlarimizning bir-birini yanada yaqindan anglashiga xizmat qiladi”, — dedi Bayram Begay.

Tashrif davomida mehmonlar “Yangi O‘zbekiston — Uchinchi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zamonaviy shaharsozlik loyihalari bilan ham tanishdi.

Qur’oni karim zalida namoyish etilgan mepping-shou, nodir qo‘lyozmalar va hazrati Usmon mus’hafi tarixi haqidagi ma’lumotlar mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif yakunida markaz direktori Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ikki mamlakat olimlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda albaniyalik tadqiqotchilarni Markaz faoliyatiga jalb etish bo‘yicha rejalar haqida ma’lumot berdi.

Albaniya Prezidenti mazkur tashabbuslarni yuksak baholab, Markaz faoliyati va bu yerda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar O‘zbekistonning boy tarixi va sivilizatsion merosini xalqaro maydonda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tashrif samimiy va do‘stona muhitda o‘tdi.
 
 
 
 

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar