Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi Markaziy Osiyoning yangi intellektual brendiga aylanmoqda

18.06.2026, 10:331080

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining Ikkinchi Renessans bo‘limida namoyish etilgan Amir Temur davriga oid xarita Malayziya Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi vaziri Datuk Seri Hoji Muhammad bin Sabuni hayratga soldi. Ilm-fan va sivilizatsiya yuksak taraqqiyot bosqichiga chiqqanini aks ettiruvchi xarita qarshisida to‘xtagan Malayziya vaziri ekspozitsiyada islom sivilizatsiyasining ana shu kabi betakror ildizlari bilan yaqindan tanishdi. Ekspozitsiyada taqdim etilgan ilmiy meros, tarixiy dalillar va zamonaviy muzey yechimlari mehmonlarning Markaz bo‘ylab sayohatini oddiy ekskursiyadan ko‘ra chuqur tarixiy mushohadaga aylantirdi.

Malayziya delegatsiyasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrifi davomida muzeyning “Islomdan avvalgi davr” bo‘limi, Birinchi va Ikkinchi Renessans zallari, “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasi hamda Qur’oni Karim zali bilan tanishdi. Ekspozitsiyalarda aks ettirilgan tarixiy jarayonlar, ilmiy maktablar va sivilizatsion taraqqiyot bosqichlari mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Ayniqsa, “Ikkinchi Renessans va o‘zbek xonliklari davri” ekspozitsiyasi delegatsiya a’zolarida unutilmas taassurot qoldirdi. Amir Temur va Temuriylar davridagi kashfiyotlar hamda ilmiy yutuqlar geografiyasini aks ettiruvchi xarita mehmonlarning diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, xonliklar davriga bag‘ishlangan bo‘limda namoyish etilgan noyob artefaktlar, tarixiy muhitni qayta jonlantiruvchi ekspozitsion yechimlar va xonlar portretlari delegatsiya tomonidan alohida e’tirof etildi.

Tashrif yakunida Datuk Seri Hoji Muhammad bin Sabu Markaz haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Bu yerda bir yarim soatdan ortiq vaqt bo‘ldik, ammo bu juda kamlik qildi. Aslida, ushbu muzey bilan to‘liq tanishish uchun kamida yarim kun vaqt ajratish kerak.

Chunki bu muzey islom sivilizatsiyasi tarixini yoritishda nihoyatda muhim ahamiyatga ega. U O‘zbekiston islom sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri ekanini namoyon etadi.

Ayniqsa, musulmonlar ham, musulmon bo‘lmaganlar ham insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotiga musulmon ummati qanchalik katta hissa qo‘shganini anglab yetishlari va bilishlari zarur.

Biroq mening umidim shuki, islom faqat muzeylarda namoyon bo‘lib qolmasligi kerak. Biz uni hayotda, amaliy faoliyatda ham ko‘rishimiz lozim. Ilm-fan, texnologiya va taraqqiyot sohalarida musulmonlar yana o‘z mavqeini tiklab, buyuk tarixiy merosini qayta namoyon eta olishlari kerak.

Shu nuqtai nazardan, ushbu muzey juda muhim ahamiyatga ega. U, ayniqsa, yosh avlodga musulmonlar o‘tmishda ilm-fan sohasida jahonga yetakchilik qilganini ko‘rsatadi. Xususan, geografiya, tabiiy fanlar, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda musulmon olimlar ulkan yutuqlarga erishganlar. Shuning uchun ham bu muzeyning ahamiyati beqiyosdir.

Men O‘zbekiston mamlakat va hukumati rahbariyatini shunday muhim tashabbus uchun tabriklayman. Bugungi kunda musulmonlar tarixi, islom merosi hamda ilm-fan va texnologiya taraqqiyotini yoritishga qaratilayotgan e’tibor yosh avlodning bu haqiqatlarni anglashi, ilm-fan hamda texnologiya rivojiga musulmon ummati qo‘shgan ulkan hissani qayta kashf etishi uchun juda muhimdir.

Malayziya delegatsiyasining tashrifi davomida bildirilgan fikrlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat tarixiy merosni namoyish etuvchi muzey, balki musulmon sivilizatsiyasining insoniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini anglash va kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qiluvchi yirik ma’rifiy maskan sifatida xalqaro miqyosda ham katta qiziqish uyg‘otayotganini yana bir bor namoyon qildi.

Malayziyavazirprofessor

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12224
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7981
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar