Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Toshkentdagi xalqaro iqtisodiy muloqot madaniy merosimiz kashfiyoti bilan davom etmoqda

19.06.2026, 12:051054

Toshkentdagi V Xalqaro investitsiya forumi iqtisodiy hamkorlik maydoni sifatida xizmat qilayotgan bir paytda, uning doirasida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashriflar mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yanada keng qamrovli ekanini namoyon etmoqda. Iqtisodiy muloqot doirasida yurtimizda jamlangan xorijiy mehmonlar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan jaholatga qarshi ma’rifat namunasi sifatida Toshkentda barpo etilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, madaniy merosimizni hayrat bilan kashf etishmoqda.

Toshkent shahrida o‘tayotgan V xalqaro investitsiya forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Milliy energetika ma’muriyati rahbari Van Xunchji boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilib, xalqaro maydonda keng e’tirof etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari orqali O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar va allomalarning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, islom sivilizatsiyasining insoniyat taraqqiyotidagi o‘rni hamda noyob qo‘lyozma merosi bilan yaqindan tanishdilar.

Ayniqsa, muqaddas Qur’on qo‘lyozmalari, ilmiy merosga bag‘ishlangan ekspozitsiyalar hamda tarixiy voqeliklarni zamonaviy multimedia texnologiyalari yordamida namoyish etish uslubi delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Mehmonlar Markaz ekspozitsiyalari orqali O‘zbekiston hududi azaldan ilm-fan, ma’rifat va sivilizatsiyalar muloqoti markazlaridan biri bo‘lib kelganini alohida e’tirof etdilar.

Tashrif yakunida delegatsiya a’zolari Markazda tarixiy merosni saqlash, tadqiq etish va zamonaviy texnologiyalar orqali keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berdilar.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
Xitoyinvestitsiya forumi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9951
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar