

Yangiliklar
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiya Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdi
O‘zbekistonda taraqqiyot nafaqat iqtisodiy ko‘rsatkichlar, balki inson kapitali, ilm-fan, ta’lim va madaniy merosga bo‘lgan e’tibor bilan ham belgilanishini namoyon etayotgan yuqori darajali tashriflar davom etmoqda.
Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Delegatsiya Markazda tarixiy merosning zamonaviy texnologiyalar orqali talqin etilishi bilan tanishdi. Ekspozitsiyalar bo‘ylab sayohat Amir Temur va temuriylar davridan Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi o‘rniga qadar bo‘lgan tarixiy jarayonlarni qamrab oldi.
Odil Reno-Bassoning e’tiborini nodir so‘zanalar, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasining interaktiv maketi hamda raqamli muzeychilik yechimlari alohida tortdi. Ushbu eksponatlar Markazda o‘tmish merosi faqat namoyish etilmasdan, zamonaviy vositalar yordamida qayta anglanishini namoyon etdi.
Tashrif yakunida Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov Odil Reno-Bassoga Uchinchi Renessans mavzusiga bag‘ishlangan maxsus sovg‘a — kitob taqdim etdi. Unda vatanimiz allomalari, mamlakatimizda ilm-fan va ma’rifat rivojiga qo‘shilayotgan hissa, shuningdek, “Yangi O‘zbekiston” davrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar o‘z aksini topgan.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odilь Reno-Basso Markaz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, shunday dedi:
«Bu markaz mamlakatning boy o‘tmishi va kelajakka qaratilgan zamonaviy yondashuvi uyg‘unlashgan g‘oyat ta’sirchan maskandir. U O‘zbekistonning Sharq va G‘arbni bog‘lagan Buyuk ipak yo‘lida tutgan o‘rnini anglashga yordam beradi. Eng hayratlanarli jihati — tarixiy merosning innovatsion texnologiyalar va sun’iy intellekt vositalari bilan uyg‘unlashtirilganidir. Bu yerda o‘tmish bilan bugun o‘rtasida jonli muloqot yaratilgan. Men ushbu Markazni o‘tmish qudrati va O‘zbekistonning kelajak imkoniyatlarini yaqqol aks ettiruvchi maskan sifatida baholayman. Prezident Shavkat Mirziyoyevga ushbu ulkan tashabbusi uchun samimiy minnatdorlik bildiraman»,— dedi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso.
Mehmon Markazning faxriy mehmonlar kitobida ham o‘z taassurotlarini qoldirdi. U muzeyni g‘aroyib maskan sifatida ta’riflab, O‘zbekistonning qadim davrlardan ikki Renessans orqali zamonaviy O‘zbekistongacha bo‘lgan boy tarixi bo‘ylab o‘ziga xos sayohat qilganini qayd etdi. Shuningdek, qadimiy buyumlar, zargarlik namunalari, gilamlar va kitoblarning zamonaviy texnologiyalar hamda yosh avlod uchun yangi imkoniyatlar ochib beruvchi sun’iy intellekt vositalari bilan uyg‘unlashgani unda katta taassurot qoldirganini yozdi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.