Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-vaziri: “Uch ming yillik tarix nafasini his qildim”

20.06.2026, 15:26772

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan va mamlakatimiz hamda butun islom olamining boy tarixiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib etishga qaratilgan Islom sivilizatsiyasi markaziga Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-vaziri Matsuo Takexiko boshchiligidagi nufuzli delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Markaz muzeyi ekspozitsiyalari, unda O‘zbekiston hududida shakllangan boy ilmiy, madaniy va ma’naviy meros, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan allomalar hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

Shuningdek, Markazning xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy merosni asrab-avaylash va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Delegatsiya vakillari Markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, tarixiy merosni zamonaviy yondashuvlar asosida namoyish etish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlarni yuqori baholadilar. Ayniqsa, ilm-fan, ma’rifat va madaniyatni uyg‘unlashtirgan ekspozitsiyalar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Tashrif yakunida mehmonlar Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim ilmiy-ma’rifiy platforma sifatida xizmat qilishi, xalqlar o‘rtasidagi madaniy muloqot va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishini ta’kidladilar.

Matsuo Takexiko, Yaponiya Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligining xalqaro ishlar bo‘yicha vitse-vaziri:

Turli xalqlar va madaniyatlarning uchrashuvi, ularning o‘zaro ta’siri hamda shu asosda shakllangan xalqning o‘ziga xos qiyofasi bu yerda juda ta’sirchan tarzda namoyish etilgan. Men bu yerda uch ming yillik tarix nafasini his qildim. O‘zbekiston tarix davomida sivilizatsiyalar chorrahasi vazifasini bajargan. Bu tarix mazkur Markaz va uning ekspozitsiyalarida yaqqol aks ettirilgan. Bu nafaqat ushbu ko‘rgazmani yaratganlar, balki uni tomosha qilayotgan biz uchun ham ilhom va kuch bag‘ishlaydi. Bu ekspozitsiya odamlarda oldinga intilish, yangi marralarni zabt etish istagini uyg‘otadi. Menimcha, bu juda ajoyib yondashuv.

Yaponiya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9950
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar