Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Imom Buxoriy merosi O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prik sifatida e’tirof etildi

22.06.2026, 14:40926

V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizga tashrif buyurgan Indoneziya delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markaziga O‘zbekistonning boy tarixi, ilm-fan va ma’rifat an’analari, savdo yo‘llari orqali shakllangan madaniy aloqalar hamda islom sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rni bilan yaqindan tanishdi. 

Dyax Roro Esti Vidya Putri, Indoneziya Respublikasi Savdo vaziri o‘rinbosari: 

Bu mening O‘zbekistonga va Markazga ilk tashrifim. Birinchi taassurotim juda kuchli bo‘ldi. Markaz ta’sirchan, keng qamrovli va interaktiv tarzda tashkil etilgan. Bu yerda islom sivilizatsiyasining shakllanishi, savdo yo‘llari orqali yuzaga kelgan aloqalar va O‘zbekistonning kelajak taraqqiyoti haqida ko‘p ma’lumot oldik. Menimcha, bu Markaz tarixni odamlarga yaqinlashtiradi. U tarixni faqat ma’lumot sifatida emas, balki qiziqarli va zavqli tajriba sifatida taqdim etadi, — dedi Indoneziya Respublikasi Savdo vaziri o‘rinbosari. 

Indoneziya va O‘zbekiston o‘rtasidagi bog‘liqlik faqat bugungi savdo-iqtisodiy hamkorlik bilan cheklanmaydi. Dunyoda musulmon aholisi eng ko‘p mamlakatlardan biri bo‘lgan Indoneziya uchun O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni, ayniqsa, Imom Buxoriy merosi alohida ma’naviy ahamiyatga ega. Suhbat davomida Dyax Roro Esti Vidya Putri Indoneziyaning birinchi Prezidenti Sukarnoning Imom Buxoriy maqbarasi bilan bog‘liq tarixiy xotirasiga ham to‘xtalib, bu meros bugun ham Indoneziya jamoatchiligida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirib kelayotganini qayd etdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
Indoneziyainvestitsiya forumi

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9950
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar