Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Bahraynlik investor e’tirofi: "Tarixni asragan xalq kelajakni qura oladi"

22.06.2026, 16:07873

Ba’zan bir binoga kirib, muzey tomosha qilmaysiz. Aksincha, butun bir xalqning xotirasi, tafakkuri va kelajak haqidagi orzulari bilan yuzma-yuz kelasiz. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurgan Bahrayn podshohligining “Lamar Holding” kompaniyasi biznesni rivojlantirish bo‘yicha bosh direktori Muhammad Abdulloh boshchiligidagi delegatsiya “Buyuk siymolar galereyasi”da ilm-fan, davlatchilik va ma’rifat taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, tarixni sun’iy intellekt texnologiyalari orqali namoyish etish usullariga katta qiziqish bildirdi.

Muhammad Abdullohning ta’kidlashicha, u markaz haqida avval ham ko‘p eshitgan. Ammo ko‘rganlari kutilgan tasavvurlardan ancha keng va ta’sirchan bo‘lgan. Uning fikricha, markazning eng muhim jihati faqat eksponatlar boyligida emas, balki insonni o‘rganishga, izlanishga va yangi bilimlarni kashf etishga unday olishidadir. U shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. 

Bu joyni so‘z bilan tasvirlash qiyin. Uni his qilish uchun albatta kelib ko‘rish kerak. Bu yerda tarix shunchaki saqlanmaydi, balki inson bilan muloqot qiladi. Interaktiv yechimlar, raqamli texnologiyalar va noyob artefaktlar o‘tmishni jonlantirib, uni bugungi avlod uchun tushunarli va yaqin qiladi. Men bu yerda avval bilmagan bir nechta sivilizatsiyalar haqida ma’lumot oldim. Inson umri davomida o‘rganishdan to‘xtamaydi. Bu markaz esa aynan shu jarayonni rag‘batlantiradi. Tarixni anglash orqali kelajakni qurish mumkinligini yana bir bor his qildim. Mening nazarimda, xalqning buyuk kelajagi uning tarixiy xotirasini qanday asray olishi bilan belgilanadi. O‘zbekistonda ana shu yondashuvni amalda ko‘rdim. Shu bois mamlakat oldida ulkan istiqbollar turganiga ishonch hosil qildim. Davlat rahbarining Uchinchi Renessansni barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlari esa bu ishonchni yanada mustahkamlaydi. Ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida barcha tashabbuslarga muvaffaqiyat tilayman. O‘tmishni asray olgan xalq kelajagini ham mustahkam qura oladi. Bu markaz nafaqat O‘zbekiston, balki butun islom olami uchun faxrlanishga arziydigan madaniy va intellektual makondir, — dedi u.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
Bahrayn

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14829
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12223
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9950
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar