Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Germaniyalik ekspert Islom sivilizatsiyasi markazining ta’limiy konsepsiyasini e’tirof etdi

24.06.2026, 14:02872
Germaniyalik ekspert Islom sivilizatsiyasi markazining ta’limiy konsepsiyasini e’tirof etdi

Germaniyaning Frankfurt Main Finance tashkiloti delegatsiya vakillari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazida yurtimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi va buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarni ko‘zdan kechirdilar.

Ayniqsa, nodir qo‘lyozmalar, tarixiy hujjatlar va madaniy meros namunalarining raqamli formatda taqdim etilishi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ekspozitsiyalar orqali Markazning nafaqat muzey, balki ilmiy tadqiqotlar, ta’lim va ma’rifatni uyg‘unlashtirgan zamonaviy platforma sifatida shakllanayotgani e’tirof etdilar.

Xubertus Vat, Frankfurt Main Finance tashkiloti direktori:

Menimcha, Islom sivilizatsiyasi markazi insonning ko‘zini ochadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan maskandir. Markaz bu zaminlarda shakllangan sivilizatsiyaning naqadar chuqur, boy va keng qamrovli ekanini namoyon etadi. Menga ayniqsa muzeyning ta’limiy konsepsiyasi yoqdi. Ekspozitsiyaning taqdim etilish uslubi juda puxta o‘ylangan. Sayohat islomdan oldingi davrdan boshlanib, Birinchi Renessans, Ikkinchi Renessans bosqichlari orqali zamonaviy O‘zbekistongacha olib keladi. Mazkur konsepsiya muzeyning beqiyos go‘zalligi va zamonaviy taqdimoti bilan uyg‘unlashib, uni haqiqatan ham noyob maskanga aylantirgan.

GermaniyaDelegatsiya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14828
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar