Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Bosh prokuraturaning 70 nafar faxriysi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

24.06.2026, 18:24822
Bosh prokuraturaning 70 nafar faxriysi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 70 nafar faxriysi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimiz sivilizatsiyasi, ilmiy merosi va ma’naviy qadriyatlarining ming yillik taraqqiyot yo‘li bilan yaqindan tanishdi. Ekspozitsiyalar, nodir qo‘lyozmalar, zamonaviy texnologiyalar va Yangi O‘zbekiston g‘oyalari uyg‘unlashgan muhit mehmonlarda chuqur taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 70 nafar faxriysi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davomida Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar tarixi, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari, buyuk allomalar merosi hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” va Qur’oni karim zali ekspozitsiyasi mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

Prokuratura faxriylari Markazda tarixiy merosning davrlar kesimida izchil va yaxlit tarzda namoyon etilganini yuqori baholadilar.

Bosh prokuratura faxriysi Dildora Safoyeva Markazda ajdodlar merosi va kelajak avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar uyg‘unlashganini ta’kidladi. Uning fikricha, noyob kutubxona, ilmiy tadqiqotlar uchun yaratilgan muhit va boy ekspozitsiyalar har bir tashrif buyuruvchida milliy g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi.

Faxriylar uchun “Yangi O‘zbekiston — Yangi Renessans poydevori” ekspozitsiyasida joylashgan Bosh prokuratura faoliyatiga bag‘ishlangan maxsus burchak alohida ahamiyat kasb etdi. Ekspozitsiyada prokuratura tarixi, soha rivojiga hissa qo‘shgan faxriylar faoliyati hamda tarixiy hujjatlar namoyish etilgan.

Tashrif ishtirokchilaridan biri Mirzo Obidov Markaz bilan tanishuv tarix haqidagi tasavvurlarni yanada boyitishini qayd etdi.

Tarixni bilish — o‘zligingni anglash demak. Bu yerda jamlangan noyob qo‘lyozmalar, eksponatlar va ilmiy meros insonni o‘tmish bilan yuzma-yuz qo‘yadi. Bu markaz nafaqat milliy, balki xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy maskandir, — dedi u.

Faxriylar kengashi a’zosi Gulbahor Isroilova ham tashrif taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan, Markazni butun bir sivilizatsiya ruhi mujassam bo‘lgan noyob ilm-ma’rifat maskani sifatida ta’rifladi.

Bu yerda inson tarix ichiga kirib qoladi. Ayniqsa, kutubxona va qo‘lyozmalar fondi menda katta taassurot qoldirdi. Bu yer yoshlarga o‘z tarixi bilan faxrlanishni va ajdodlar merosidan ilhom olishni o‘rgatadi, — dedi u.

Tashrif yakunida mehmonlar Markaz kutubxonasiga a’zo bo‘lib, kelgusida uning ilmiy-ma’rifiy imkoniyatlaridan muntazam foydalanish istagini bildirdilar.

Faxriylar ta’kidlaganidek, mazkur tashrif oddiy ekskursiya emas, balki o‘tmish va kelajakni bog‘lagan ma’naviy muloqotga aylandi. Ajdodlar merosini anglash, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyasi ishtirokchilar qalbida yanada mustahkamlandi.

prokuror

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14828
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7980
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar