Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Buyuk Britaniyalik siyosatchi Islom sivilizatsiyasi markazini dunyo uchun bilim manbai deb atadi

25.06.2026, 11:22862
Buyuk Britaniyalik siyosatchi Islom sivilizatsiyasi markazini dunyo uchun bilim manbai deb atadi

Buyuk Britaniyaning tashqi ishlar bo‘yicha sobiq parlament kotibi Rehman Chishti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini o‘tmishni anglash orqali kelajakka yo‘l ochadigan ilmiy bilimlar markazi sifatida baholadi.

“O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lish men uchun katta sharaf. Prezident Shavkat Mirziyoyevning bunday xalqaro bilim markazini yaratish borasidagi qarashi va uzoqni ko‘zlagan tashabbusiga yuksak ehtirom bildiraman. Kelajakka tayyorlanish uchun inson o‘z tarixi va merosini bilishi kerak.

Islom sivilizatsiyasi tibbiyot, matematika, astronomiya va boshqa ilm-fan sohalarida ulkan iz qoldirgan. Bugun kvant texnologiyalari, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt haqida gapirayotganimizda, ularning asosida ham bilim va matematika turganini unutmasligimiz zarur. Shu ma’noda, ushbu Markaz yoshlarga o‘tmishdagi buyuk ilmiy yutuqlardan ilhom olib, kelajak uchun yangi yechimlar yaratishga undaydi.

Markaz bo‘ylab yurar ekanman, o‘zim ham ko‘p narsa o‘rgandim. Ibn Sino merosi, islom olamining ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, O‘zbekistonning Buyuk ipak yo‘lidagi tarixiy o‘rni menda alohida taassurot qoldirdi. Bu Markaz nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo uchun muhim bilim va ilhom manbaidir”, — dedi Rehman Chishti.

Tashrif doirasida Rehman Chishti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Gulnora G‘aniyeva hamda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy kotibi Jasur Najmiddinov bilan muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida Markazning ilmiy-ma’rifiy faoliyati, islom sivilizatsiyasi merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etish, shuningdek, kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. Muloqotda Markazning xalqaro ilmiy markazlar bilan aloqalarni kengaytirishdagi o‘rni ham alohida qayd etildi. Shuningdek, islom ilm-fani, ma’rifat va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng auditoriyaga yetkazishda ilmiy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Rehman Chishti Markazning islom ma’rifati, bag‘rikenglik, ilm va madaniy merosni birlashtiruvchi xalqaro platforma sifatidagi o‘rnini alohida ta’kidladi. Uning fikricha, bu kabi maskanlar islomning asl mohiyati — bilim, rahm-shafqat, ehtirom va ezgulikka asoslangan qadriyatlarini jahon jamoatchiligiga yetkazishda muhim ahamiyatga ega.

Tashrif yakunida mehmon Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi. Markaz rahbariyati tomonidan Rehman Chishtiga buyuk allomalar hayoti va ilmiy faoliyati, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti hamda Uchinchi Renessans g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan kitob esdalik sovg‘asi sifatida taqdim etildi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
Buyuk Britaniyafaxriy mehmonlarDelegatsiya

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar