

Yangiliklar
Vengriyaning sobiq prezidenti: “Markaziy Osiyo tarixini yangi nigoh bilan kashf etdim”
Katalin Novak, Vengriyaning sobiq prezidenti
– Islom madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan bunday go‘zal muzeyni yaratish g‘oyasini yuksak qadrlayman. Chunki bir-birimizning madaniyatimizni o‘rganishimiz, tarixiy ildizlarimizni anglashimiz juda muhim deb hisoblayman. Men O‘zbekiston tarixini chin dildan o‘rganishni istardim va ushbu Markaz menda juda katta taassurot qoldirdi.
Men uchun eng qiziqarli jihat tarixga boshqa bir nuqtai nazardan qarash imkoniyati bo‘ldi. Men Vengriyadan kelganman. Biz tarixga, hatto jahon tarixiga ham ancha boshqacha yondashuv orqali qaraymiz. O‘zim nasroniyman, shu bois tarixiy jarayonlar va ilm-fan rivojiga oid mavzularni ham nasroniylik nuqtai nazaridan o‘rganganman. Bu yerda esa Markaziy Osiyo nuqtai nazarini his qilish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Bu men uchun chindan ham juda qiziqarli va ta’sirli tajriba bo‘ldi.
Albatta, men har bir yoshga ushbu Markazga kelishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Biz maktabda bu mavzularni o‘qigan paytimizda, tarixni bu qadar ko‘rgazmali va interaktiv tarzda anglash imkoniyati bo‘lmagan. Sun’iy intellekt va zamonaviy namoyish vositalari yordamida tarixni, shuningdek, o‘zbek xalqining tarixiy ildizlarini tushunish ancha osonlashadi. Qadimgi davrlar haqida o‘qish mumkin, ammo ularni ko‘z bilan ko‘rish insonga bu tarixni yaxshiroq anglash, tasavvur qilish va his etish imkonini beradi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ziyorat qilish imkoniyati uchun juda minnatdorman.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.