Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

Jahon banki vitse-prezidenti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani va Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktorining o‘rinbosari Bo Li boshchiligidagi delegatsiyalar O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrif doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi.

Tashrif davomida delegatsiya Markazning ekspozitsiya bo‘limlari bilan tanishar ekan, Markazning nafaqat 3 ming yillik tarixni o‘zida mujassam etgan muzey, balki xalqaro ilmiy-ma’rifiy platforma sifatidagi o‘rni, xorijiy universitetlar va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalari, madaniy merosni saqlash, raqamlashtirish va uni kelajak avlodga yetkazishga qaratilgan istiqbolli loyihalar bilan tanishdilar.

Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlasharkan, Markazga yana qaytib kelishni istagi tug‘ilganini ma’lum qildi.

Bu yerda tarixni shunchaki tomosha qilmaysiz, balki uni his qilasiz. Bu yerga tashrif buyurishni uzoq vaqtdan beri orzu qilardim va bugun bu ushalganidan juda mamnunman. Markazdagi har bir ekspozitsiya, har bir eksponat O‘zbekistonning boy tarixi va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida hikoya qiladi. Ayniqsa, tarixiy qo‘lyozmalar va nodir eksponatlar menda chuqur taassurot qoldirdi. Men ushbu Markazga yana qaytib kelishni istardim, dedi u.

Tashrif yakunida Antonella Bassani Markazning faxriy mehmonlar kitobiga ham o‘z tilaklarini yozib qoldirdi.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4
carousel image 5
carousel image 6
carousel image 7
carousel image 8
carousel image 9

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.