Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Uchinchi Renessans yo‘lida: Islom sivilizatsiyasi markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

30.06.2026, 19:03982
Uchinchi Renessans yo‘lida: Islom sivilizatsiyasi markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi bilan hamkorlikda Marg‘ilon, Navoiy, Namangan va Toshkent shaharlaridan tashrif buyurgan 120 nafar imom-xatib ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida mehmonlar avvalo Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, tadqiq ilmiy ma’rifiy maydon ham ularda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, Uchinchi Renessans g‘oyasi, milliy va diniy merosni asrab-avaylash hamda uni ilmiy asosda o‘rganishga qaratilgan ishlar yuzasidan o‘tkazilgan muloqotlarda faol ishtirok etdilar.

Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani bosh imom-xatibi Shavkat Botirovning ta’kidlashicha, Markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar milliy va diniy merosni chuqur o‘rganish hamda keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu yerga kelib, yaratilgan keng imkoniyatlarni ko‘rib, mamlakatimizda ilm-fan va ma’naviyatga qaratilayotgan yuksak e’tiborni yana bir bor his qildik. Markazda buyuk allomalarimiz merosi bilan yaqindan tanishib, raqamli texnologiyalar orqali ularning hayoti va ilmiy faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkoniyati bizda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda ko‘rganlarimiz tariximiz va boy ilmiy merosimizni yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi, — dedi u.

Shuningdek, tashrif doirasida mehmonlar markazning zamonaviy kutubxonasi bilan ham yaqindan tanishdilar. Ularga kutubxonada yaratilgan sharoitlar, nodir manbalar fondi, kitoblardan foydalanish tizimi hamda raqamli texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan xizmatlar haqida ma’lumot berildi.

Namangan viloyati Pop tumanidagi «Kichik Xo‘ja Vali» jome masjidi imomi Adhamxon Abdurahmonovning ta’kidlashicha, markaz kutubxonasi barcha kitobxonlar uchun zamonaviy va qulay ilmiy-ma’rifiy muhitni o‘zida mujassam etgan.

Markaz kutubxonasini ko‘rib, chin ma’noda hayratlandim. Bu yerda yoshu qari, barcha kitobxonlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa, yoshlarimiz uchun kitoblardan erkin foydalanish, xotirjam muhitda mutolaa qilish va raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun barcha sharoit muhayyo qilingan. Bunday maskanlar ilmga qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi, — dedi u.

Tadbir yakunida ishtirokchilar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan ilmiy-ma’rifiy muhit, boy muzey ekspozitsiyalari, zamonaviy kutubxona va nodir qo‘lyozmalar fondi milliy va diniy merosni o‘rganish, uni asrab-avaylash hamda kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta’kidladilar.

Imom MoturidiyKutubxona

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12221
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar