

Yangiliklar
I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi: O‘zbekiston global ilmiy-ma’rifiy muloqot markaziga aylanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan islom dinining asl insonparvar mohiyatini, uning tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifatga chorlovchi g‘oyalarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish tashabbuslari amaliy natijalar bermoqda. Ana shu ezgu maqsadlar davomchisi sifatida 2026-yil 7–11-iyul kunlari Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi bo‘lib o‘tadi.
Nufuzli anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan taniqli olimlar, ulamolar, tadqiqotchilar, davlat va jamoat arboblari hamda xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etib, islom sivilizatsiyasining jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, buyuk allomalarimiz ilmiy merosi va zamonaviy davrdagi ahamiyati yuzasidan fikr almashadilar. Forumning asosiy tadbirlari 7–8-iyul kunlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilib, keyingi kunlarda Samarqand va Termiz shaharlarida Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar bilan davom etadi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Mehrojiddin Amonovning ta’kidlashicha, mazkur forum nafaqat O‘zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham nufuzi va ilmiy salmog‘i jihatidan yirik anjumanlardan biri bo‘lishi kutilmoqda. Uning qayd etishicha, forumda dunyoning turli mamlakatlaridan 300 dan ortiq olim va ulamolar ishtirok etishi, Samarqandda esa buyuk muhaddis Imom Buxoriy ilmiy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada 100 dan ortiq mutaxassis qatnashishi rejalashtirilgan. Mutaxassis forum natijalari Imom Buxoriy asarlarining jahon miqyosida o‘rganilishi, tarjima qilinishi va targ‘ib etilishiga yangi turtki berishi, ayniqsa yoshlar ta’lim-tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tirof etdi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.