Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekistonning yangi intellektual markazida Farida Afro‘zning kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi

05.07.2026, 17:55812

O‘zbekiston o‘zining tarixiy-madaniy merosini zamonaviy gumanitar diplomatiya va ma’rifat siyosati bilan uyg‘unlashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini davom ettirar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakat intellektual hayotining yana bir muhim voqeasiga mezbonlik qildi. Markazda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Farida Afro‘zning "Tanlangan asarlari" hamda "Shuur" kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir adabiyot, milliy meros va zamonaviy ma’rifatni birlashtirgan muloqot maydoniga aylanib, O‘zbekistonda kitobxonlik madaniyati va intellektual muhitni rivojlantirish davlat siyosatida muhim o‘rin tutayotganini yana bir bor namoyon qildi.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘zini nafaqat Markaziy Osiyoning iqtisodiy va siyosiy markazlaridan biri, balki islom sivilizatsiyasining boy ilmiy merosini tadqiq qilish, saqlash va jahon hamjamiyatiga yetkazishga xizmat qiladigan xalqaro gumanitar platforma sifatida ham namoyon etishga intilmoqda. Ana shu strategiyaning muhim bo‘g‘ini hisoblangan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bugun ilmiy anjumanlar, xalqaro forumlar, madaniy tadbirlar va kitob taqdimotlari muntazam tashkil etilmoqda.

Markazning zamonaviy imkoniyatlarga ega, noan’anaviy kutubxonasida  o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoira Farida Afro‘zning kitoblari taqdimoti ham ana shu ezgu maqsadlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tadbirda mamlakatning taniqli yozuvchi va shoirlari, olimlar, adabiyotshunoslar, O‘zbekiston xalq artistlari, madaniyat va san’at namoyandalari, talaba-yoshlar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Farida Afro‘z ijodining badiiy-falsafiy xususiyatlari, uning o‘zbek adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ma’naviy islohotlarda adabiyotning ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari ta’kidlaganidek, Islom sivilizatsiyasi markazi bugun nafaqat noyob qo‘lyozmalar, eksponatlar va tarixiy merosni namoyish etuvchi muzey majmuasi, balki intellektual muloqot, ijodiy bahslar va ilmiy hamkorlik uchun shakllanayotgan yirik gumanitar maydonga aylanmoqda.

O‘zbekiston xalq artisti Ra’no Yarasheva Farida Afro‘z bilan qariyb qirq yillik ijodiy hamfikrlik munosabatlari haqida so‘z yuritar ekan, shoiraning ijodi inson qalbiga murojaat qiladigan, o‘quvchini fikrlashga va ma’naviy yuksalishga chorlaydigan she’riyat namunasi ekanini ta’kidladi.

Islom sivilizatsiyasi markazida tarix, ilm va she’riyatning bir makonda uyg‘unlashishi mamlakatning ma’naviy hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi muhitda olimlar, shoirlar va san’atkorlarning bir joyga jamlanishi yangi ijodiy muloqotlar uchun keng imkoniyatlar ochadi, – dedi Ra’no Yarasheva.

Yozuvchi Shohida Isoqova esa Farida Afro‘z ijodining Qo‘qon adabiy muhiti, Nodirabegim an’analari va milliy adabiy maktab bilan bog‘liq tarixiy ildizlariga alohida e’tibor qaratdi.

Kitob taqdimotining aynan Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilishi ramziy ahamiyatga ega bo‘lib, mazkur maskanning endilikda ziyolilar, olimlar va ijod ahlini birlashtiruvchi doimiy intellektual platformalardan biriga aylanayotganini ko‘rsatadi, – deydi u.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Botir Ergashev Farida Afro‘z she’riyatining ma’naviy-falsafiy qudrati haqida to‘xtalib, uning har bir misrasi inson ruhiyatini tarbiyalashga xizmat qilishini ta’kidladi:

Islom sivilizatsiyasi markazida kitob taqdimotlari o‘tkazilishi ushbu muassasaning vazifalari muzey faoliyati bilan cheklanib qolmasdan, kelajak avlod ma’naviyatini shakllantirishga qaratilgan keng qamrovli ma’rifiy markaz sifatida rivojlanayotganini anglatadi.

O‘zbekiston xalq artisti Zulayho Boyxonova esa Markaz ekspozitsiyalarini tomosha qilar ekan, ular xalqning boy tarixi, ilm-fani va sivilizatsion merosini zamonaviy texnologiyalar orqali yuqori saviyada namoyish etayotganini qayd etdi.

Uning fikricha, ushbu markaz har bir tashrif buyuruvchida milliy tarixga nisbatan faxr va mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi.

Taqdimot bosh qahramoni Farida Afro‘z uchun mazkur taqdimot ijodiy faoliyatidagi eng unutilmas voqealardan biri bo‘lganini ta’kidladi.

Rostini aytsam, kitoblarimning aynan Islom sivilizatsiyasi markazida taqdim etilishini kutmagan edim. Bu men uchun katta baxt va yuksak e’tirof. Markazning Qo‘qon darvozasi orqali kirib kelar ekanman, yurtimizda shunday muhtasham ma’rifat maskani barpo etilganiga yana bir bor shukr qildim. Davlatimiz rahbari ziyolilar, shoirlar va ijod ahliga yuksak e’tibor qaratayotgani barchamiz uchun katta rag‘bat. Shoir uchun eng katta baxt kitobining o‘quvchi qo‘liga yetib borishi, uning qalbiga yo‘l topishidir. Bugun men ana shu baxtni yana bir bor his qildim, — deydi Farida Afro‘z.

U kitoblarning aynan Islom sivilizatsiyasi markazida o‘quvchilarga taqdim etilishi o‘z ijodiga bildirilgan yuksak e’tirof sifatida qabul qilganini qayd etdi.

Taqdimot davomida shoira she’rlari asosida tayyorlangan musiqiy chiqishlar, badiiy kompozitsiyalar namoyish etildi. Ishtirokchilar muallif bilan muloqot qilish, yangi kitoblar bilan yaqindan tanishish hamda kitoblarga dastxat olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14833
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7985
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar