Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Samarqand nufuzli xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilmoqda

29.04.2025, 12:331636

29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida Abu Mansur Moturidiy 1155 yilligiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi. “Moturidiylik — bagʻrikenglik, moʻʼtadillik va maʼrifat taʼlimoti” nomidagi xalqaro nufuzli konferensiyaga yuksak darajada tayyorgarlik koʻrilgan.

Xalqaro anjuman Imom Moturidiy ibratli hayot yoʻli va boy ilmiy merosini har tomonlama chuqur oʻrganishni ragʻbatlantirish, Moturidiylik taʼlimotidagi moʻʼtadillik va bagʻrikenglik tamoyillarini keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan.  

Xalqaro anjumanda mahalliy olimlar bilan bir qatorda  Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Turkiya,  Marokash, Iordaniya, Italiya, Yaponiya, Malayziya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon kabi oʻnlab davlatlardan xorijiy olimlar ham ishtirok etmoqda. 

Xalqaro anjuman “Imom Moturidiy va uning izdoshlari ilmiy merosining islom ilmlari rivojidagi oʻrni”, “Moturidiylik taʼlimotida  umuminsoniy  qadriyatlar talqini”, “XXI asrda Moturidiylik taʼlimotining ahamiyati”  shoʻʼbalar kesimida oʻz faoliyatini olib boradi.  

Maʼlumot uchun, Imom Abu Mansur Moturidiy 870 yil Samarqand yaqinidagi Moturid qishlogʻida. tugʻilgan. Musulmonlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashda koʻrsatgan jonbozligi tufayli olimlar orasida “Imom al-huda” (Hidoyat imomi), “Rais ahli sunna val jamoa” (Ahli sunna val jamoa raisi), “Musahhih ahli sunna val jamoa” (Ahli sunna val jamoani toʻgʻri yoʻlga soluvchi), “Imom al-Mutakallimin” (Mutakallimlar imomi) kabi nomlar bilan tanilgan.

U asos solgan moturidiylik maktabi bugungi kunda sunniylik yoʻnalishidagi 2 yirik eʼtiqodiy taʼlimotdan biri hisoblanadi. Bu aqidaviy mazhablar – moturidiylik va ashʼariylikdir. Imom Moturidiy ilgari surgan aqidaviy qarashlari oʻsha davrda mintaqada kuzatilgan turli adashgan oqimlar faoliyatiga barham berishda muhim rol oʻynagan.

Bugungi kunda 1,9 milliardlik dunyo musulmonlarining  750 milliondan ortigʻi moturidiylik aqidaviy yoʻnalishiga mansub hisoblanadi. 

Imom Moturidiy oʻzidan aqida, tafsir, fiqh va usul al-fiqh sohalari boʻyicha boy maʼnaviy meros qoldirgan. Uning “Kitob at-tavhid”, “Taʼvilot al-Qurʼon” kabi 20 ga yaqin asar yozgani manbalarda keltirilgan. Mazkur kitoblardan bizgacha “Kitob at-tavhid” va “Taʼvilot al-Qurʼon” asarlarigina yetib kelgan. 

Imom Abu Mansur Moturidiy 944 yil vafot etgan.  

Imom Moturidiy taʼlimoti uning izdoshlari tomonidan rivojlantirilib, aqidaviy mazhab darajasiga yetib kelgan. Ushbu jarayonda Abu Muin Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy kabi allomalarning oʻrni katta boʻlgan.

Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan Imom Moturidiy ilmiy merosini oʻrganishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, 2020 yil 3-4 mart kunlari Samarqand shahrida katta xalqaro konferensiya, 11 avgustda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Bugungi kunda ushbu ikki manba Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan.

carousel image 1

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14835
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12228
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7989
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar