Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Toshkentdagi xalqaro forum Misrning yetakchi gazetasi e’tiborida

07.07.2026, 20:00675

Misrning nufuzli «Al-Jumhuriya» gazetasida O‘zbekistonda o‘tayotgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi haqida maxsus maqola e’lon qilindi. Unda Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida tashkil etilayotgan mazkur anjuman tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat g‘oyalarini ilgari surishga qaratilgan muhim xalqaro muloqot maydoni sifatida e’tirof etildi.

Nashrda forumda turli davlatlardan taniqli olimlar, mutafakkirlar va diniy ulamolar ishtirok etayotgani, Misrdan esa Madaniyat, Vaqf ishlari va Oliy ta’lim vazirlari, Respublika muftiysi, Al-Azhar rahbariyati hamda diniy ta’lim va fatvo sohasidagi yetakchi mutaxassislar qatnashishi alohida qayd etildi. O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichevning ta’kidlashicha, forum islom dunyosida intellektual, ilmiy va madaniy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, Al-Azhar va Misr Dorul Iftosi kabi nufuzli muassasalarning ishtiroki ekstremizmga qarshi ma’rifat asosida kurashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun muhim ahamiyatga ega.

Maqolada forum doirasida islomiy merosni asrash, diniy ta’limni rivojlantirish, qo‘lyozmalarni muhofaza qilish va raqamlashtirish, imomlar hamda tadqiqotchilar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar muhokama qilinishi ta’kidlangan.

«Al-Jumhuriya» nashri forumni Markaziy Osiyodagi eng yirik ilmiy-ma’rifiy anjumanlardan biri sifatida baholab, u gumanitar hamkorlikni kengaytirish, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash va islomning tinchlikparvarlik, ma’rifatparvarlik hamda bag‘rikenglik g‘oyalarini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qilishini alohida qayd etdi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14843
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12237
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7997
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar