Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekiston islom va turkiy dunyoning intellektual kelajagini birlashtirmoqda

07.07.2026, 20:57905

Islom sivilizatsiyasining haqiqiy mazmun-mohiyatini ochib berish, uning ilm-fan, madaniyat va ma’naviy taraqqiyotga qo‘shgan ulkan hissasini namoyon etish, shuningdek, zamonaviy dunyoda tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat g‘oyalarini keng targ‘ib qilish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 300 nafarga yaqin davlat va jamoat arboblari, vazirlar, muftiylar, yetuk ulamolar, akademiklar, tadqiqotchilar, muzey va kutubxona rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Toshkentda 7-iyul kuni o‘zi ishini boshlagan “Tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi islom olami oldida turgan qator dolzarb masalalar va kelajakdagi vazifalar muhokamalari uchun dolzarb platformaga aylandi.

Shahin Mustafoyev, akademik, tarix fanlari doktori, professor, Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti:

Avvalo, bu yerda, Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib turganimdan juda mamnunman. Chunki yangi tashkil etilgan ushbu markaz nafaqat O‘zbekistonning, balki butun turkiy dunyo va jahondagi eng yirik islom tadqiqot markazlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, bu markaz O‘zbekistonning ham, butun turkiy dunyoning ham faxridir. Shuningdek, ushbu markazning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgani alohida ahamiyatga ega.

O‘zbekiston tarixan islom madaniyati, islom sivilizatsiyasi va islomiy intellektual hayotning muhim markazlaridan biri bo‘lgan. Bu zamin Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk islom mutafakkirlarining vatani hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning Islom madaniyati va sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi beqiyos darajada ulkandir. Shu bilan birga, bugun mazkur Markazning tashkil etilishi O‘zbekistonning yana islom olamining nufuzli markazlaridan biriga aylanayotganini ko‘rsatuvchi muhim omildir.

Bugun aynan shu markazda o‘tkazilayotgan I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi islom olami, turkiy dunyo hamda jahonning ko‘plab mamlakatlaridan nufuzli mutafakkirlar, olimlar va jamoat arboblarini bir yerga jamladi. Albatta, bugungi kunda Islom olami oldida turgan qator dolzarb muammolar mavjud. Ana shunday masalalarni muhokama qilish, fikr almashish va yechimlar izlash uchun bunday muloqot maydonlarining yaratilishi nihoyatda muhimdir.

Ushbu forum faqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo muammolarini muhokama qilish bilan cheklanib qolmaydi. U, umuman olganda, butun islom olami va insoniyat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan katta murojaatdir. Islom — tinchlik dini, bag‘rikenglik dinidir. Bugun xalqaro munosabatlar tizimi jiddiy sinovlarga duch kelayotgan, beqarorlik kuchayib borayotgan bir davrda islom butun insoniyatga, barcha xalqlar va davlatlarga tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro toqatlilik g‘oyalarini yetkazmoqda.

Shu nuqtai nazardan, men bu forum doimiy an’anaga aylanadi, deb o‘ylayman. Bejizga u «Birinchi forum» deb nomlanmagan. Demak, uning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va keyingi forumlari ham bo‘lib o‘tadi.

Chunki dunyo muammolari hech qachon tugamaydi. Ularni muhokama qilish, fikr almashish va yechimlar ishlab chiqish uchun ana shunday xalqaro platformalarga doimo ehtiyoj bo‘ladi. O‘zbekistonning ana shunday nufuzli muloqot maydoniga mezbonlik qilayotgani uning jahon, islom olami va turkiy dunyoning muhim markazlaridan biriga aylanayotganini anglatadi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar