Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Masjid al-Harom” masjidi Bosh imomi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd: “O‘zbekistonda haqiqiy Uyg‘onish ruhi namoyon bo‘lmoqda”

08.07.2026, 12:26965

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tayotgan “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” xalqaro forumida  Makka shahridagi “Masjid al-Harom” masjidi Bosh imomi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Islom sivilizatsiyasi markazi va xalqaro forumini tashkil etishga qaratilgan shaxsiy e’tibori, madaniy merosni asrash va ilm-ma’rifatni rivojlantirish yo‘lidagi tashabbuslari uchun minnatdorlik bildirarkan, “Bu yerda ko‘rganlarim va eshitganlarim menda katta mamnuniyat uyg‘otdi. Bunday ulkan ishlarni amalga oshirayotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekistonda kechayotgan jarayonlar bugungi kunda haqiqiy Uyg‘onish ruhini namoyon etmoqda”, — deya ta’kidladi.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan ishlar Uchinchi Renessans g‘oyasi atrofida shakllanayotgan yangi taraqqiyot bosqichini ifoda etadi.

Makka shahridagi “Masjid al-Harom” masjidi Bosh imomi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd islom sivilizatsiyasi haqida so‘z yuritish faqat qadimiy binolar, tarixiy yodgorliklar yoki qo‘lyozmalar haqida gapirish emasligi alohida qayd etdi.

Islom sivilizatsiyasi — bu asrlar davomida shakllangan, ilmni imon bilan, huquqni axloq bilan, erkinlikni mas’uliyat bilan bog‘lagan hayot tarzi va ma’naviy tizimdir, – dedi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd.

“Masjid al-Harom” masjidi Bosh imomining ta’kidlashicha, islom sivilizatsiyasi tavhid asosiga qurilgan bo‘lib, bu tushuncha faqat aqidaviy masala emas, balki insonni har qanday zulm, qullik va nohaq ustunlikdan ozod etuvchi ma’naviy mezondir. U inson qadri, barcha odamlarning yaratilishda tengligi, fazilat mezoni esa faqat taqvo va solih amallar bilan belgilanishini anglatadi.

Shuningdek, martabali mehmon o‘z ma’ruzasida islom sivilizatsiyasi Makkai mukarrama va Madinai munavvaradan boshlanganini, ammo u muayyan irq, xalq, rang yoki madaniyat ustunligiga asoslanmaganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, bu sivilizatsiya arab va ajamni, oq va qorani, boy va kambag‘alni, erkak va ayolni yagona insoniy qadriyatlar asosida birlashtirgan.

Ushbu sivilizatsiya bayrog‘i ostida mufassirlar, muhaddislar, faqihlar, muhandislar, falakshunoslar, tilshunoslar va tarixchilar faoliyat yuritgan. Ular ilmni rivojlantirish, yerni obod qilish, inson manfaatiga xizmat qilish va jamiyatda adolatni qaror toptirish yo‘lida mehnat qilganlar, – deydi u.

Ma’ruzada islom sivilizatsiyasining eng muhim xususiyatlaridan biri sifatida adolat, bag‘rikenglik va inson huquqlariga hurmat g‘oyalari tilga olindi. Qayd etilishicha, Islom insonlarni yaxshilikka, yomonlikdan qaytishga, o‘zaro mehr-shafqat, insof va adolat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi.

Shu bilan birga, Islom tarixida turli din va madaniyat vakillari o‘z e’tiqodi va qadriyatlarini saqlagan holda xavfsiz va adolatli muhitda yashagani ta’kidlandi. Bu holat Islom sivilizatsiyasining insonparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillariga asoslanganini ko‘rsatadi.

Makka bosh imomi ma’ruzasida Payg‘ambar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayoti kechirimlilik, adolat, omonatdorlik va rahm-shafqatning eng yuksak namunasi ekanini eslatdi. U zotning yomonlikka yaxshilik bilan javob bergani, uzr so‘raganlarni kechirgani, qudratli bo‘la turib afv etishni tanlagani rahmat payg‘ambari ekanligidan dalolatligini keltirdi.

Islom sivilizatsiyasi qotib qolgan tizim emasligini, balki shariat maqsadlari va voqelik o‘rtasida muvozanat saqlagan holda rivojlanganini qayd etdi. Qayd etishicha, islomda ijtihod yuksak maqomga ega bo‘lib, u chuqur ilm, voqelikni anglash, manfaat va zararni to‘g‘ri baholash qobiliyatini talab qiladi.

Bosh imomning ta’kidlashicha, islom ulamolari o‘zgarmas va o‘zgaruvchan qadriyatlar o‘rtasida aniq farq qo‘yganlar. Aqida, ibodat va asosiy usullar barqaror ustunlar sifatida saqlangan bo‘lsa, muomalalar, siyosat va ijtimoiy hayot masalalarida zamon va makon talablariga mos yondashuv uchun keng maydon qoldirilgan.

Shuningdek, ma’ruzada bugungi dunyoda ilm-fan, texnologiya, iqtisodiyot va ijtimoiy munosabatlar tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgani, shu sababli musulmon jamiyatlari dalilga asoslangan, mo‘’tadil va hikmatli yondashuvga har qachongidan ham ko‘proq muhtoj ekani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, islom sivilizatsiyasi foydali taraqqiyotdan qo‘rqmaydi va zamonaviy vositalarga dushmanlik qilmaydi. Aksincha, inson manfaatiga xizmat qiladigan ilm, texnologiya va yangiliklar shariat mezonlari asosida qabul qilinadi, jamiyatga zarar yetkazuvchi omillar esa rad etiladi.

Ma’ruzachi bugungi avlod oldida turgan asosiy vazifalardan biri — yoshlarni mustahkam e’tiqodli, yuksak axloqli, zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, o‘z vataniga foyda keltiradigan va Islomning bag‘rikenglik hamda adolatga asoslangan mohiyatini amaliy hayoti bilan namoyon etadigan insonlar qilib tarbiyalash ekanini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jamiyatlarni birlashtiradigan, parchalamaydigan, bunyodkorlikka chorlaydigan, jaholat o‘rniga ilmni, umidsizlik o‘rniga mas’uliyatni kuchaytiradigan mo‘’tadillik bugungi davrning eng muhim ehtiyojlaridan biridir.

“Sivilizatsiya faqat so‘zlar bilan barpo bo‘lmaydi. U solih inson, ilmiga amal qiluvchi olim, adolatli rahbar, omonatdor tadbirkor, ixlosli muallim va halol mehnat bilan yuksaladi”, — deya ta’kidladi Makka bosh imomi o‘z ma’ruzasida.

Makka bosh imomi ma’ruzasi yakunida musulmon ummatiga ilm, adolat, ehson, birlik va farovonlik, shuningdek, O‘zbekiston xalqiga xayr-baraka, mamlakatda amalga oshirilayotgan ezgu ishlarga esa muvaffaqiyat tiladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar