Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari 10 ta global tashabbusni ilgari surdi

08.07.2026, 14:47820

Ayni kunda Toshkentda o‘tayotgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrash, raqamlashtirish va dunyo miqyosida targ‘ib qilishga qaratilgan 10 ta global tashabbusni ilgari surdi. Takliflar orasida Islom sivilizatsiyasi Butunjahon forumi, xalqaro raqamli reyestr, global raqamli kutubxona, xalqaro mukofot, tadqiqot jamg‘armasi, muzeylar ittifoqi va 2030-yilgacha bo‘lgan xalqaro “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish kabi tashabbuslar bor.

Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrash va targ‘ib qilish bo‘yicha I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi ishtirokchilari Toshkentda 10 ta yirik global tashabbusni ilgari surdi. Mazkur takliflar Islom sivilizatsiyasining jahon ilm-fani, madaniyati, ta’limi va intellektual merosidagi o‘rnini keng yoritish, shuningdek, uni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga qaratilgan.

Birinchi tashabbus – O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi huzurida Islom sivilizatsiyasi Butunjahon forumini tashkil etishni taklif qilindi. Ushbu platforma xalqaro tashkilotlar, olimlar, ilmiy muassasalar, muzeylar, kutubxonalar, arxivlar, qo‘lyozmalar markazlari, tadqiqot institutlari va boshqa tegishli tuzilmalarni birlashtirishi ko‘zda tutilmoqda.

Taklif etilayotgan Butunjahon forum yoki alyans uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy, ta’limiy, madaniy, muzey va raqamli loyihalarni amalga oshirish, bilim va ilg‘or tajribalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Ikkinchi – Islom sivilizatsiyasi merosining Butunjahon raqamli reyestrini yaratishdan iborat. Unda qo‘lyozmalar, arxiv hujjatlari, muzey to‘plamlari, me’moriy yodgorliklar, nomoddiy madaniy meros obyektlari va ilmiy tadqiqot natijalarini yagona xalqaro raqamli tizimga jamlash taklif etilmoqda.

Uchinchi – “Islom sivilizatsiyasi merosi — butun insoniyat merosi” xalqaro dasturini amalga oshirish taklif qilindi. Dastur xalqaro ko‘rgazmalar, ta’lim loyihalari, ilmiy konferensiyalar, nashriyot tashabbuslari va madaniy tadbirlarni qamrab oladi.

Forum ishtirokchilari, shuningdek, Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrash va targ‘ib qilish, ilm-fan, ta’lim, madaniyatlararo muloqot va gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan shaxs va tashkilotlarni e’tirof etish maqsadida Xalqaro Islom sivilizatsiyasi mukofotini ta’sis etishni taklif qildi.

Beshinchi tashabbus – Islom sivilizatsiyasini tadqiq etish xalqaro jamg‘armasini tashkil etish bilan bog‘liq. U fundamental ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish, yosh olimlarni tayyorlash, nashriyot tashabbuslarini rag‘batlantirish va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Oltinchi –  Islom sivilizatsiyasining global raqamli kutubxonasini yaratish taklif etildi. Ushbu ko‘p tilli platforma qo‘lyozmalar, ilmiy asarlar, arxiv hujjatlari, muzey kolleksiyalari, ta’lim resurslari va raqamli ko‘rgazmalarni birlashtirishi nazarda tutilmoqda.

Yettinchi tashabbus – Islom sivilizatsiyasi xalqaro ensiklopediyasini tayyorlashga qaratilgan. Ko‘p jildli fundamental ilmiy nashrda Islom sivilizatsiyasi tarixi, buyuk allomalar, ilm maktablari, madaniy yodgorliklar va islom olamining muhim yutuqlari keng yoritilishi rejalashtirilmoqda.

Sakkizinchi taklif – Islom sivilizatsiyasi merosining holati bo‘yicha har yilgi xalqaro tahliliy ma’ruzani tayyorlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishdan iborat. Unda madaniy meros obyektlarining holati, ilmiy tadqiqotlar natijalari, mavjud muammolar va xalqaro hamkorlik istiqbollari tahlil qilinadi.

To‘qqizinchi tashabbus – Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha xalqaro yoshlar forumini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu maydon yosh olimlar, tadqiqotchilar, talabalar va madaniy meros mutaxassislarini birlashtirib, kelajak avlod ekspertlarini tayyorlashga xizmat qiladi.

O‘ninchi – Islom madaniyati, san’ati va sivilizatsiyasi muzeylarining xalqaro ittifoqini tashkil etish taklif qilindi. U turli mamlakatlardagi yetakchi muzeylar, muzey majmualari, galereyalar va ixtisoslashtirilgan muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Mazkur ittifoq qo‘shma ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, restavratsiya, ta’lim va raqamli loyihalarni amalga oshirish, kolleksiyalar, ilg‘or tajribalar va mutaxassislar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

Forum doirasida saylangan Xalqaro forum kengashi doimiy muvofiqlashtiruvchi organ sifatida faoliyat yuritadi. Unga forum ishtirokchilari tomonidan bildirilgan tashabbus va takliflarni umumlashtirish, ular asosida 2030-yilgacha bo‘lgan qo‘shma harakatlar bo‘yicha xalqaro “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatiladi.

Ushbu “Yo‘l xaritasi” deklaratsiyada belgilangan tashabbuslarni amaliy hayotga tatbiq etish mexanizmi sifatida forum ishtirokchilari, xalqaro tashkilotlar va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Forum ishtirokchilari davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ilmiy muassasalar, oliy ta’lim muassasalari, muzeylar, kutubxonalar va jamoat tashkilotlarini ushbu tashabbuslarni amalga oshirishda hamkorlikka chaqirdi.

Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbuslar tinchlik, o‘zaro hurmat, ta’lim va madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga, shuningdek Islom sivilizatsiyasining boy merosini jahon madaniy merosining ajralmas qismi sifatida asrash va keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14832
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7983
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar