Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Euronews: “Islomni zo‘ravonlik bilan bog‘lash uning haqiqiy mohiyatiga zid”: Global forumda islom merosi muhokama qilinmoqda

09.07.2026, 09:51933

Nufuzli xalqaro Euronews nashrida e’lon qilingan mazkur materialda Birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi islom merosini zamonaviy global taraqqiyot kontekstida qayta anglashga qaratilgan muhim xalqaro muloqot maydoni sifatida talqin etiladi. Maqolada forum doirasida ilm-fan, ta’lim, madaniy almashinuv va xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish orqali islomni ekstremizm va zo‘ravonlik bilan bog‘lovchi stereotiplarga ilmiy asoslangan yondashuv bilan qarshi turish masalasiga alohida e’tibor qaratilgani ta’kidlanadi. Shuningdek, 50 dan ortiq davlat vakillarini birlashtirgan mazkur anjumanning islom sivilizatsiyasining intellektual merosini asrash, raqamlashtirish va jahon ilmiy hamjamiyati bilan hamkorlikni kengaytirishdagi strategik ahamiyati akademik-analitik nuqtai nazardan yoritiladi.

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida 70 dan ortiq xalqaro loyihaga start berildi. Forum ishtirokchilari ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ta’limni rivojlantirish va islom merosini asrab-avaylashni yanada kuchaytirishga chaqirdilar.

Ta’lim, ilmiy hamkorlik va madaniy almashinuv birinchi Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumida muloqot va hamjihatlikning asosiy vositalari sifatida ilgari surilmoqda. O‘zbekistonda jamlangan olimlar va rasmiylar islom merosining bugungi global jarayonlardagi o‘rni va ahamiyatini muhokama qilmoqda.

Besh kun davom etadigan forum Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilmoqda. Unda dunyoning 40 dan ortiq davlatidan 450 nafardan ziyod olimlar, diniy arboblar, diplomatlar va tadqiqotchilar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir islom sivilizatsiyasining ilm-fan, ta’lim va intellektual hayotga qo‘shgan hissasi, shuningdek, xalqaro akademik hamkorlikning yangi shakllariga bag‘ishlangan.

Forumning ochilish marosimida yo‘llangan murojaatida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugungi dunyo chuqur o‘zgarishlar davrini boshdan kechirayotganini, bu jarayonlar mojarolar, o‘zaro ishonchsizlik, ekstremizm va islomofobiya bilan kechayotganini ta’kidladi.

Prezidentning qayd etishicha, ilm-fan, ta’lim, madaniyat va umuminsoniy axloqiy qadriyatlar tinchlik, muloqot va barqaror taraqqiyotning eng muhim poydevori bo‘lib qolmoqda.

Ta’lim — bo‘linish emas, birlashtirish vositasi

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, forumning asosiy maqsadlaridan biri — asrlar davomida shakllangan boy ilmiy meros va ilm-fan yutuqlarini namoyon etish orqali islomni zo‘ravonlik yoki ekstremizm bilan bog‘lovchi qarashlarga qarshi turishdir.

Participants from more than 50 countries attend the International Forum of Islamic Civilisation

«Ushbu forumning asosiy maqsadi musulmon ulamolarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissasini yana bir bor namoyon etish hamda islom azaldan ilm, ma’rifat va insonparvarlikka da’vat qilib kelganini ko‘rsatishdir», — dedi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi Rustam Jabborov Euronews telekanaliga bergan intervyusida.

«Islomni zo‘ravonlik yoki ekstremizm bilan bog‘lash uning haqiqiy mohiyatiga mutlaqo ziddir».

Bugungi dunyoni shakllantirayotgan ilmiy meros

Muhokamalarda, ayniqsa, Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan olimlarning matematika, astronomiya, tibbiyot va falsafa sohalaridagi jahon taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori doktor Solim bin Muhammad Al-Molikning ta’kidlashicha, ushbu olimlarning ta’siri bugun ham davom etmoqda.

Dr Salem bin Mohammed Al-Malik, Director General of the Islamic World Educational, Scientific and Cultural Organization during the Forum.

«Al-Xorazmiy asos solgan tamoyillarsiz sun’iy intellekt mavjud bo‘lolmas edi. Ulug‘bek va Beruniysiz astronomiya bugungi darajaga yetmagan bo‘lar edi. Biz islom olamining buyuk olimlari bilan faxrlanishimiz kerak».

Forum doirasida sun’iy intellekt texnologiyalaridan qo‘lyozmalarni saqlash, kataloglashtirish va tadqiq etishda foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, akademik almashinuvlar va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinmoqda.

Zamonaviy dunyoda ilm-fanning o‘rni

London va Qohirada faoliyat yurituvchi «Merosni tiklash va raqamli xizmatlar» ilmiy jamg‘armasi Kengashi raisi Abdul-Ati Ash-Sharqoviyning fikricha, O‘zbekistonning ilmiy merosi mamlakat chegaralaridan ancha uzoqlarga tarqalgan.

«Bu mamlakat bir paytlar butun dunyoga buyuk ilm-fan, adabiyot va ijodkorlikni eksport qilgan», — dedi u.

Uning ma’lum qilishicha, tadqiqotchilar tomonidan Movarounnahr olimlari yaratgan qariyb 100 mingta qo‘lyozma aniqlangan bo‘lib, ular hozirgi kunda jahonning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Shu bilan birga, yangi manbalar va qo‘lyozmalarni aniqlash ishlari ham davom etmoqda.

Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Party) raisi o‘rinbosari Kyurshad Zorlu forumni O‘zbekistonning islom va turkiy dunyodagi nufuzi tobora ortib borayotganining yana bir yorqin isboti sifatida baholadi.

«Bugun O‘zbekiston turkiy va islom olami uchun juda muhim muassasaga mezbonlik qilmoqda. So‘nggi o‘n yilda amalga oshirilgan islohotlar aynan shu muhim muassasa faoliyati bilan yanada mustahkamlanmoqda», — dedi u.

«Uch ming yildan ziyod tarixga tayangan O‘zbekiston bugun islom sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biriga aylandi. Shu jihatdan ham O‘zbekiston Turkiya uchun alohida ahamiyatga ega».

Delegates attend the opening of the International Forum of Islamic Civilisation in Tashkent.

Forum 10 iyulga qadar davom etadi. Unda universitetlar, muzeylar, ilmiy muassasalar va xalqaro tashkilotlar ishtirokida 70 dan ortiq qo‘shma tashabbus taqdim etilishi kutilmoqda.

Tadbir kun tartibidan Toshkent deklaratsiyasini qabul qilish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar, qo‘lyozmalarni muhofaza qilish, ta’lim va raqamli texnologiyalar sohasidagi kelgusi hamkorlik masalalarini muhokama qilish ham o‘rin olgan.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14842
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9962
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7994
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar