Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ozarbayjon Shayxulislomi: «O‘zbekistonning eng buyuk tuhfasi – Imom Buxoriy»

09.07.2026, 11:57682

Samarqand shahrida o‘tayotgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasidagi xalqaro konferensiyada Olloshukur Poshozoda Imom Buxoriy merosini «butun islom sivilizatsiyasining umumiy ma’naviy boyligi» deb atab, O‘zbekistonning ushbu merosni asrash va xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga qaratilgan sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Uning ta’kidlashicha, tarixiy meros atrofida shakllanayotgan ilmiy va ma’naviy hamkorlik O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarnigina emas, balki turkiy va musulmon mamlakatlari o‘rtasidagi sivilizatsion muloqotni ham yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Samarqand shahrida I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida o‘tayotgan «Imom al-Buxoriyning “Al-Jomi’ as-Sahih” asari – ummat kitobi» mavzusidagi xalqaro konferensiyada Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Olloshukur Poshozoda Ozarbayjon xalqi va Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomlari va ezgu tilaklarini O‘zbekiston xalqi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevga yetkazdi. U ikki xalq o‘rtasidagi tarixiy qardoshlik rishtalari ma’naviy-ma’rifiy sohadagi hamkorlik bilan yanada mustahkamlanayotganini ta’kidladi.

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi O‘zbekistonda islom sivilizatsiyasi merosini asrab-avaylash va targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga yuksak baho berdi. Konferensiyaning ahamiyati haqida fikr bildirib, Imom Buxoriy merosining yuksakligini e’tirof etdi.

O‘zbekistonning dunyo hadis ilmiga taqdim etgan eng katta tuhfasi – Imom Buxoriy va u zotning boy merosidir. Buxoriy maqbarasi nafaqat muqaddas ziyoratgoh, balki butun islom sivilizatsiyasining bebaho ma’naviy va madaniy merosidir. Bu maskan har bir o‘zbek uchun qanchalik aziz bo‘lsa, butun musulmon olami uchun ham shunchalik qadrlidir, — dedi Shayxulislom.

Olloshukur Poshozoda O‘zbekistonni o‘zining ikkinchi vatani deb bilishini qayd etib, Imom Buxoriy maqbarasini qayta tiklash ishlarining ilk bosqichlariga shaxsan guvoh bo‘lganini esladi.

Ateistik tuzum davrida vayron qilingan ushbu muqaddas qadamjoning qayta tiklanishida yoshligimda ishtirok etganman. O‘sha yillarda bu maskanning yana o‘zining munosib ulug‘vor qiyofasiga qaytishi uchun ustozlarimiz bilan qilgan duolarimiz bugun ijobat bo‘lganini ko‘rib, qalbim cheksiz quvonchga to‘lmoqda, — dedi u.

Shayxulislom o‘z chiqishida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Imom Buxoriy majmuasi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilganini tarixiy ahamiyatga ega voqea sifatida baholadi.

Samarqandning shuhratini yanada yuksaltirgan, Imom Buxoriy maqbarasini uning muqaddasligiga munosib muhtasham majmuaga aylantirgan, Islom sivilizatsiyasi markazini barpo etgan muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblariga chuqur ehtirom va samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Bu ishlar O‘zbekistonning o‘z tarixi, dini va ma’naviy qadriyatlariga yuksak ehtirom bilan yondashayotganining yorqin namunasidir, — deya ta’kidladi u.

Shuningdek, Shayxulislom O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarning diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirayotgan faoliyatini ham alohida e’tirof etdi. Shu bilan birga Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida musulmon diniy yetakchilari o‘rtasidagi hamkorlik izchil davom etayotganini ma’lum qilib, joriy yil sentyabrь oyida Boku shahrida navbatdagi uchrashuv hamda Sayyid Yahyo Bokuviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qildi.

O‘z chiqishida Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy kabi buyuk allomalar merosini jahon miqyosida targ‘ib qilish yo‘lida O‘zbekiston amalga oshirayotgan sa’y-harakatlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etdi:

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan fundamental ishlar bugun xalqaro miqyosda munosib baholanmoqda. Islom mutafakkirlari merosi butun insoniyatning umumiy boyligi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu ezgu ishlarga hissa qo‘shayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi, ICESCO hamda ushbu sohada mehnat qilayotgan barcha olimlar va mutaxassislarga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Alloh taolo O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarini doimo o‘z panohida asrasin, — dedi Shayxulislom Olloshukur Poshozoda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14831
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar