Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Mo‘tadillik va bag‘rikenglik g‘oyalari chegara bilmaydi: Samarqandda xalqaro olimlar e’tirof etildi

09.07.2026, 14:25665

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida tashkil etilgan «Imom Moturidiy merosi: mo‘’tadillik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat poydevori» mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida o‘tkazilgan «Moturidiylik ta’limoti – ilm, tafakkur va bag‘rikenglik qadriyatlari orqali sivilizatsiyalarni bog‘lovchi meros» mavzusidagi xalqaro ilmiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14-martdagi «Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad buyuk mutafakkir Imom Moturidiyning boy ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, moturidiylik ta’limotini chuqur ilmiy asosda o‘rganish, xorijlik tadqiqotchilarning mazkur yo‘nalishdagi ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda turli mamlakatlar olimlari o‘rtasida ilmiy muloqot va hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.

Tanlov doirasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Yaman, Malayziya, Rossiya, Afg‘oniston va boshqa mamlakatlardan kelib tushgan ilmiy ishlar nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan mavzuning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati hamda mualliflarning ilmiy salohiyati kabi mezonlar asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – Shohimardon O‘rinbekov (Qirg‘iziston);
2-o‘rin – Sayf ibn Ali al-Asriy (Yaman);
3-o‘rin – Shukran bin Abdurahmon (Malayziya).

G‘oliblarga diplomlar va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, tanlov nizomiga muvofiq, ular uchun O‘zbekistonning qadimiy shaharlari – Samarqand, Buxoro va Toshkent bo‘ylab madaniy-ma’rifiy sayohat tashkil etiladi.

Mazkur xalqaro ilmiy tanlov I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumining muhim ilmiy-ma’rifiy tadbirlaridan biri sifatida Imom Moturidiy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish, uning mo‘’tadillik, bag‘rikenglik va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilmiy jihatdan o‘rganish hamda jahon olimlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14831
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar