Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” IV xalqaro konferensiya

09.07.2026, 15:22848

2026 yil 9 iyul kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Termiz shahrida “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.

Mazkur nufuzli konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini yaratish, islom ma’rifati g‘oyalarini chuqur o‘rganish va ularni jahon jamoatchiligiga yetkazish borasidagi izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lgan yirik media-tadbir — “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumining ajralmas va muhim tarkibiy qismi sifatida tashkil etiladi.

Xalqaro konferensiyada nufuzli xalqaro tashkilotlar — ICESCO, IRCICA, TURKSOY hamda Oksford islom tadqiqotlari markazi, shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, xorijiy davlatlar bosh muftiylari, hadisshunos olimlar va xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.

Tadbirda Buyuk Britaniya, Jazoir, Italiya, Misr, Pokiston, Turkiya hamda Markaziy Osiyo davlatlaridan jami 20 nafar xorijiy mehmon — taniqli diniy ulamolar, inson huquqlari bo‘yicha ekspertlar, islomshunos olimlar va mutaxassislar qatnashishi rejalashtirilgan.

Konferensiyaning bosh maqsadi Termiz zaminida shakllangan hadisshunoslik maktabi va uning namoyandalari qoldirgan boy ilmiy merosni chuqur o‘rganish, Imom Termiziy va boshqa termizlik allomalarning jahon islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini ilmiy jihatdan tadqiq etish hamda ushbu merosni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishdan iborat.

Shuningdek, konferensiya doirasida hadisshunoslik sohasidagi zamonaviy ilmiy izlanishlar, qo‘lyozma manbalarni o‘rganish, ularni raqamlashtirish va ilmiy muomalaga kiritish, islom ma’rifati hamda insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

Xalqaro konferensiya faoliyati 2 bosqichda bo‘lib, bunda dastlab yalpi majlis tashkil etiladi va undan so‘ng 2 ta sho‘ba faoliyat olib boradi.

Sho‘balar faoliyati quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha bo‘lib, unda, jumladan:

  • “Imom Termiziy va Termiz hadisshunoslik maktabining shakllanishi” yo‘nalishida Termiz hadis maktabining vujudga kelish tarixi, uning ilmiy muhiti, Imom Termiziyning hayoti va ijodi hamda hadis ilmlari taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi;
  • “Termizlik ulamolar asarlarining mohiyati va ularning manbashunoslik tahlili” yo‘nalishida Termizlik allomalarning qo‘lyozma va bosma asarlari, ularning ilmiy xususiyatlari, manbalar bazasi hamda tadqiqot metodologiyasi masalalari xususida ma’ruzalar tinglanadi.

Konferensiya ishtirokchilari uchun Surxondaryo viloyatining tarixiy va ziyorat turizmi obyektlariga tashriflar tashkil etilishi belgilangan. Xususan, Termiz va Sherobod tumanlarida joylashgan Hakim Termiziy va Imom Termiziy ziyoratgohlariga tashrif buyurish rejalashtirilgan.

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” IV xalqaro konferensiyasi Termiz zaminidan yetishib chiqqan buyuk muhaddislar va mutafakkirlarning boy ilmiy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, islom ma’rifati g‘oyalarini keng yoyish hamda turli mamlakatlar olimlari o‘rtasida ilmiy muloqotni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim xalqaro platforma vazifasini bajaradi.

Eslatib o‘tamiz, Termizda o‘tkaziladigan xalqaro konferensiya 2026 yil 6-11 iyul kunlari mamlakatimizda o‘tkaziladigan “Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida tashkil etilib, xuddi shu kuni Samarqand shahrida ham 2 ta xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

 

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14831
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar