Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Termizda Imom Termiziy merosi xalqaro olimlar ishtirokida muhokama qilindi

09.07.2026, 16:06661

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li doirasida Termiz shahrida «Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar» mavzusidagi IV xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkilot (ICESCO) hamkorligida tashkil etilgan mazkur anjuman Imom Termiziy va Termiz hadisshunoslik maktabining boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish, uning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini keng yoritish hamda xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlashga bag‘ishlandi.

Konferensiyani Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev olib bordi. Tadbir Qur’oni karim tilovati bilan boshlandi.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Bosh inspektori Irgash Daminov, Misr Arab Respublikasi Vaqf vaziri Usoma Sayyid Azhariy, Iordaniya Bosh muftiysi Ibrohim al-Hasanot, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Dilshod Mamadkulov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erol Qilich hamda Indoneziya Musulmonlar kengashi ijroiya rahbari Muhammad Zaytun Rasmin tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi.

Notiqlar o‘z chiqishlarida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini, bu jarayonda Imom Termiziy kabi buyuk muhaddislar qoldirgan ilmiy merosni tadqiq etish va uning insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi o‘rnini ochib berish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Shundan so‘ng konferensiyaning yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Laguat shahridagi Islom ilmlari va sivilizatsiyasini tadqiq qilish markazi direktori, professor doktor Ahmad Bensag‘ir «Imom Termiziy hadisshunoslik maktabi va keyingi avlodlar orasida ezgu nom sohibidir» mavzusida ma’ruza qildi.

Yevropa musulmon yetakchilari kengashi raisi doktor Yahyo Pallavichini «Termiz hadis maktabining Yevropada islom ilmining rivojlanishiga qo‘shgan hissasi» mavzusida ma’ruza qilib, Imom Termiziy tomonidan shakllantirilgan hadisshunoslik an’analari bugungi kunda Yevropa ilmiy muhitida ham katta qiziqish bilan o‘rganilayotganini qayd etdi.

Anqara universiteti Ilohiyot fakulteti professori doktor Mehmet Emin O‘zafshar esa «Hakim Termiziyni zamonga olib kirish: uchta o‘ziga xos ilmiy ishlanma taklifi» mavzusida ma’ruza qilib, Hakim Termiziy asarlarini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida tadqiq qilishning dolzarb masalalari xususida fikr bildirdi.

Ma’ruzalarda Imom Termiziyning hadis ilmida shakllantirgan ilmiy mezonlari, «Sunani Termiziy» asarining hadisshunoslik tarixidagi o‘rni, Termiz hadis maktabining keyingi muhaddislar faoliyatiga ko‘rsatgan ta’siri hamda buyuk allomalar merosining zamonaviy tadqiqotlardagi ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.

Konferensiya ishtirokchilari Termiz hadis maktabi merosini yanada chuqur o‘rganish, noyob qo‘lyozmalarni tadqiq qilish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish hamda Imom Termiziy va boshqa termizlik allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini kelajak avlodlarga yetkazish bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanini ta’kidladilar.

Mazkur xalqaro konferensiya I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida islom ilmlari bo‘yicha xalqaro muloqotni rivojlantirish, buyuk allomalar merosini ilmiy asosda o‘rganish va jahon ilm-faniga tatbiq etish yo‘lidagi muhim ilmiy maydonlardan biri sifatida e’tirof etildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14831
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12226
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9953
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar