Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

ICESCO:"O‘zbekistonda o‘tkazilgan Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha birinchi xalqaro forum deklaratsiyasi yirik xalqaro tashabbuslarni e’lon qildi"

09.07.2026, 16:42885

ICESCO rasmiy saytining yozishicha, O‘zbekistonda o‘tkazilgan I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi yakunida qabul qilingan deklaratsiya islom sivilizatsiyasi merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib etishga qaratilgan yirik xalqaro tashabbuslarni ilgari surdi. Hujjatda O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha Global forumni ta’sis etish, yagona raqamli reyestr va kutubxona yaratish, xalqaro mukofot hamda jamg‘arma tashkil etish kabi tashabbuslar e’lon qilindi.

2026 yil 7–11 iyul kunlari O‘zbekistonda «Islom sivilizatsiyasi: tinchlik, bag‘rikenglik va ma’rifat yo‘li» mavzusida o‘tkazilgan Birinchi xalqaro forum ishtirokchilari forum deklaratsiyasini qabul qildi. Unda global tinchlikni mustahkamlash, o‘zaro hurmatni qaror toptirish hamda islom sivilizatsiyasining boy merosini qayta tiklash, asrash va keng targ‘ib etishga qaratilgan qator ilg‘or xalqaro tavsiya va tashabbuslar ilgari surildi.

Deklaratsiyani Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) Bosh direktori doktor Salim M. Almalik o‘qib eshittirdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surgan islom sivilizatsiyasining insoniyat uchun umumiy bo‘lgan merosini qayta tiklash, o‘rganish va targ‘ib etishga qaratilgan tarixiy tashabbusi yuksak baholandi. Ta’kidlanishicha, mazkur ezgu g‘oya Toshkent shahrida Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilishi va ushbu ilk forumning tashkil etilishi orqali amaliy ifodasini topdi.

Deklaratsiyada islom sivilizatsiyasining gumanitar ilmlar, axloqiy va ma’naviy tafakkur taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida qayd etildi. Shuningdek, diniy va madaniy merosni ilmiy asosda tadqiq etish xalqaro ishonchni mustahkamlash, islom haqidagi noto‘g‘ri tasavvurlarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha Global forumni ta’sis etish e’lon qilindi. Ushbu forum xalqaro tashkilotlar, akademik va ilmiy muassasalar hamda sohaga oid tashkilotlar sa’y-harakatlarini birlashtirib, islom sivilizatsiyasi merosini muhofaza qilish va uning qadrini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Deklaratsiyada quyidagi xalqaro tashabbuslar ham ilgari surildi:

  • Qo‘lyozmalar, arxiv materiallari, arxeologik yodgorliklar, nomoddiy madaniy meros va ilmiy tadqiqotlarni qamrab oluvchi maxsus raqamli platforma orqali islom sivilizatsiyasi merosining yagona jahon raqamli reyestrini yaratish;
  • «Islom sivilizatsiyasi: butun insoniyat merosi» nomli xalqaro dasturni amalga oshirish, uning doirasida xalqaro ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ta’lim loyihalari va islom sivilizatsiyasining ilm-fan, madaniyat hamda ta’limga qo‘shgan hissasini yorituvchi madaniy tadbirlarni tashkil etish;
  • Islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shgan olim va mutaxassislarni rag‘batlantirish maqsadida Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha xalqaro mukofot ta’sis etish;
  • Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish va tadqiqotchilarni tayyorlash uchun Islom sivilizatsiyasini o‘rganish bo‘yicha xalqaro jamg‘arma tashkil etish;
  • Qo‘lyozmalar, ilmiy asarlar, arxiv hujjatlari va ta’lim resurslarini o‘z ichiga olgan Islom sivilizatsiyasining raqamli kutubxonasini yaratish;
  • Mashhur allomalar tarjimai hollari, ilmiy maktablar, madaniy yodgorliklar va islom olamining eng muhim yutuqlarini qamrab oluvchi «Islom sivilizatsiyasi xalqaro ensiklopediyasi»ni nashr etish;
  • Islom sivilizatsiyasi merosining holati, meros obyektlari, ilmiy tadqiqotlar natijalari va mavjud muammolar haqida har yili xalqaro hisobot tayyorlash;
  • Islom dunyosi yosh tadqiqotchilari, olimlar, talabalar va madaniy meros sohasi mutaxassislari uchun «Islom sivilizatsiyasi bo‘yicha xalqaro yoshlar forumi» nomli doimiy muloqot platformasini tashkil etish;

Yetakchi muzeylar va ko‘rgazmalar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ko‘rgazmalar, tadqiqot, restavratsiya, ta’lim va raqamli loyihalarni amalga oshirish maqsadida Islom madaniyati, san’ati va sivilizatsiyasi muzeylari xalqaro ittifoqini ta’sis etish.

Deklaratsiya yakunida mazkur tashabbuslarni 2030-yilga qadar amalga oshirish bo‘yicha aniq harakatlar rejasini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, barcha ishtirokchi davlatlar, xalqaro tashkilotlar va ilmiy muassasalar ushbu tashabbuslarni hayotga tatbiq etishda faol hamkorlik qilishga chaqirildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14840
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9961
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7993
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar