Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Russia News: "Mo‘tadillik — ekstremizmga qarshi eng samarali javob. Samarqandda o‘tayotgan xalqaro muloqot nima uchun muhim?"

10.07.2026, 10:14807

Russia News nashrining yozishicha, Samarqandda I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida o‘tkazilgan «Imom Moturidiy merosi: mo‘’tadillik, bag‘rikenglik va ma’rifat asosi» mavzusidagi xalqaro konferensiyada moturidiylik ta’limoti ekstremizm va radikalizmga qarshi eng samarali ma’rifiy yechimlardan biri sifatida e’tirof etildi. Nashrda 100 dan ortiq xalqaro olim va diniy arboblar ishtirok etgan anjumanda Imom Moturidiy merosini o‘rganish, uning mo‘’tadillik va bag‘rikenglik g‘oyalarini keng targ‘ib qilish, shuningdek, ushbu ilmiy merosning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilingani ta’kidlanadi.

I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumining uchinchi kuni Samarqand shahrida «Imom Moturidiy merosi: mo‘tadillik, bag‘rikenglik va ma’rifat asosi» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda dunyoning turli mamlakatlaridan 100 nafardan ortiq nufuzli olimlar, muftiylar, din ishlari bo‘yicha mas’ul rahbarlar hamda ekspertlar ishtirok etdi. Konferensiyani Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhamedov ochib berdi. U o‘z ma’ruzasida mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, bugungi kunda moturidiylik ta’limotining ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Konferensiyada Al-Azhar oliy imomining maslahatchisi Muhammad Abdurrahmon ad-Duvayniy, Islom tadqiqotlari markazi direktori Murtazo Bedir, Misr Bosh muftiysi shayx Nazir Muhammad Ayyod, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Mahsudov, Malayziyaning diniy ishlar bo‘yicha vaziri Zulkifli Hasan hamda Finlyandiya Islom jamiyati prezidenti Gulten Bedrettin ma’ruza qildi.

Ma’ruzachilar moturidiylik ta’limoti mo‘’tadil islomning mustahkam intellektual va ilmiy asosi ekanini, u radikalizm va ekstremistik g‘oyalarga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bugungi kunda mo‘’tadil islom ta’limotini chuqur o‘rganish, uning boy ilmiy merosini tadqiq etish va xalqaro miqyosda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanayotgan nufuzli ilmiy muassasalardan biri hisoblanadi.

Moturidiylik Markaziy Osiyo, Volgabo‘yi va Kavkazning ayrim hududlarida tarixan keng tarqalgan an’anaviy aqidaviy maktab bo‘lib, asrlar davomida ilm-fan, davlatchilik, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik tamoyillari bilan uyg‘unlashgan islom madaniyatining shakllanishiga munosib hissa qo‘shgan.

Konferensiya o‘z ishini seksiya yig‘ilishlari doirasida davom ettirmoqda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14840
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12235
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9961
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7993
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar