Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Xalqaro forumdan amaliy hamkorlikka: Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi gidlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

14.07.2026, 11:09668

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida gid-ekskursovodlar malakasini oshirishga bag‘ishlangan xalqaro seminar-trening tashkil etildi. Unda joriy yilning 7-11 iyul sanalarida Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumiga tashrif buyurgan Sankt-Peterburgning Rossiya etnografiya muzeyi mutaxassisi Tatyana Yemelyanenko hamda Rossiya Davlat din tarixi muzeyining «Islom» fondi saqlovchisi Irina Osmanova ishtirok etishdi. Xalqaro mutaxassislar muzey ekskursiyalarini tashkil etish, ekspozitsiyalarni ilmiy asosda talqin qilish, tashrif buyuruvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish va madaniy merosni xolis hamda mas’uliyat bilan yetkazish borasidagi ko‘p yillik tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Seminarda gid faqat ma’lumot beruvchi emas, balki turli xalqlar va madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro anglashuvni mustahkamlaydigan muhim muloqot elchisi ekani alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, tarixiy voqealarni talqin qilishda ilmiy xolislik, hassoslik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi qayd etildi. Zero, tarixning noto‘g‘ri talqini xalqlar o‘rtasida tushunmovchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lsa, uning haqqoniy va xolis yoritilishi o‘zaro hurmat, ishonch va yaqinlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Gid ekskursovodlar bilan muzey faoliyati va etnografik ekspozitsiyalarni talqin qilish tajribasi haqida suhbatlashdik. Biz muzeylarda eksponatlarni shunchaki namoyish etmaymiz. Har bir buyumning yaratilish tarixi, undagi naqshlar, ranglar va shakllar orqali xalqning dunyoqarashi, turmush tarzi va madaniy qadriyatlarini ochib berishga harakat qilamiz, — dedi Tatyana Yemelyanenko.

Seminar qizg‘in savol-javoblar, amaliy muhokamalar va o‘zaro tajriba almashinuvlari ruhida o‘tdi. Unda muzey ekskursiyalarini yanada takomillashtirish, turli toifadagi tashrif buyuruvchilar bilan ishlash usullarini takomillashtirish hamda zamonaviy muzey kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar