

Yangiliklar
I xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi
AXBOROT XATI
Sivilizatsiyalararo muloqotni mustahkamlash hamda islom dinining asl insonparvarlik va ma’rifatparvarlik mohiyatini targ‘ib etish maqsadida O‘zbekistonda yirik xalqaro anjuman tashkil etilmoqda.
Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish g‘oyasi ostida Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi tashkil etilishini e’lon qilgan tarixiy tashabbuslarining mantiqiy davomidir. Anjuman yurtimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini jahon hamjamiyatiga yetkazish va sivilizatsiyalararo totuvlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir mavzusi: I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li.
O‘tkazish sanalari: 2026 yil 7-11 iyul.
O‘tkazish joyi: Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlari.
Asosiy tashkilotchilar: O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Din ishlari qo‘mitasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Bosh xalqaro hamkor: ICESCO (Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti).
Forumda Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Markaziy va Janubiy Osiyo hamda Yevropa davlatlaridan 300 ga yaqin mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
Forumning asosiy tadbirlari 7-8 iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etiladi.
Unda islom sivilizatsiyasiga oid mavzularda tashkil etiladigan yalpi majlislarda nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, madaniyat va din ishlari bo‘yicha vazirlar, muftiylar, taniqli olim va ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etadi.
Forumning ikkinchi qismi 9-10 iyul kunlari Movarounnahrning uch buyuk allomasi ilmiy merosiga bag‘ishlangan konferensiyalar Samarqand va Termiz shaharlarida davom etadi:
1. Samarqand viloyatida – «Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asari – ummat kitobi» xalqaro konferensiyasi.
2. Samarqand viloyatida – «Imom Moturidiy merosi: islom sivilizatsiyasining mo‘’tadillik va aql-idrok poydevori» xalqaro konferensiyasi.
3. Samarqand viloyatida – «Markaziy Osiyo: g‘oyalar, kashfiyotlar va sivilizatsiyalar tutashgan zamin» xalqaro konferensiyasi.
4. Surxondaryo viloyatida – «Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar» xalqaro konferensiyasi.
Forum yakunida Islom sivilizatsiyasini hamkorlikda rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolanishi, I xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi yakunlari bo‘yicha Toshkent Deklaratsiyasini qabul qilish kutilmoqda.
Forum doirasida xorijlik mehmonlar uchun “Ginnes rekordlar kitobi”ga kiritilgan Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasiga bag‘ishlangan muzey, Imom Buxoriy majmuasi, shuningdek, Samarqand va Termiz shaharlaridagi ziyoratgohlarga madaniy tashriflar tashkil etiladi.
Tezislarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2026 yil 20 iyul
Tezislarni rasmiylashtirish uchun talablar:
- tezislar A4 formatda, 5-10 sahifa; shrift – Times New Roman, shrift hajmi – 14 pt; interval – 1,5; matn maydoni – yuqori va pastdan 2 sm., o‘ngdan 1,5 sm., chapdan 3 sm.;
- birinchi sahifaning yuqori qismida o‘rtada tezis mavzusi (14 pt, bosh harflarda, qalin shrift) yoziladi. Uning ostidan sahifaning chap tomonida muallif (hammualliflar)ning ismi va familiyasi, ilmiy unvoni, ilmiy darajasi, ish joyi va lavozimi, telefon raqami, elektron pochta manzili (barchasi 10 pt, kursiv) yoziladi;
- o‘zbek va ingliz tillarida 150 tagacha so‘zdan iborat bo‘lgan annotatsiya, 3-7 ta kalit so‘zlar yoziladi (14 pt);
- iqtisoblar sahifada, matn ostida (10 pt) beriladi;
- tezisning elektron nusxasi .docx formatida saqlanadi, muallifning nomi bilan nomlanadi;
- tezislar o‘zbek, arab, ingliz, turk va rus tillarida taqdim etiladi.
Taqdim etilgan tezislar mualliflari ma’lumotlarning to‘liqligi va ishonchliligi uchun shaxsan javobgardirlar.
Tashkiliy qo‘mita Forum yo‘nalishlari mavzusiga va belgilangan talablarga javob bermaydigan tezislarni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Tezislar quyidagi manzilga yuboriladi:
e-pochta: icforum2026@gmail.com
telegram: @diloruz; @gulruh602.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.