Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

58-Xalqaro kimyo olimpiadasi – IChO ishtirokchilari O‘zbekistonni yangi nigoh bilan kashf etdi

15.07.2026, 09:39956
58-Xalqaro kimyo olimpiadasi – IChO ishtirokchilari O‘zbekistonni yangi nigoh bilan kashf etdi

Dunyoning qariyb 100 mamlakatidan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad – IChO) ishtirokchilari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mamlakatning ko‘p asrlik ilmiy merosi va zamonaviy muzey texnologiyalari bilan tanishdi.

Xalqaro kimyo olimpiadasi dunyodagi eng nufuzli fan musobaqalaridan biri hisoblanadi. Unda ishtirok etuvchi yoshlar kelajak olimlari, tadqiqotchilari va innovatsiyalar yetakchilari sifatida qaraladi.

Xalqaro olimpiada qatnashchilari orasida Trinidad va Tobago vakili Leon Kopeloff O‘zbekiston haqidagi dastlabki taassurotlari kutganidan ham yuqori bo‘lganini qayd etdi.

"Biz bu yerga Xalqaro kimyo olimpiadasi doirasida keldik va Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishdik. Shu paytgacha ko‘rganlarimdan kelib chiqib aytishim mumkinki, O‘zbekiston haqiqatan ham Markaziy Osiyoning yuragi ekan. Bu yerning tarixi va madaniyati nihoyatda boy. Har bir ekspozitsiya ortida ulkan tarix bor. Bu yerda bo‘lish biz uchun unutilmas tajriba bo‘ldi."

Niderlandiyalik ishtirokchi Jasper Huskening so‘zlariga ko‘ra esa, milliy liboslar, qadimiy tangalar, kulolchilik buyumlari va boshqa eksponatlar O‘zbekiston haqida kitob yoki internet orqali emas, balki bevosita his qilish imkonini yaratgan. Shuningdek, u mamlakat aholisining mehmondo‘stligi va samimiy munosabati unda katta taassurot qoldirganini qayd etdi.

Boshqa ishtirokchilar ham muzeyning eng muhim jihati tarixiy buyumlarni namoyish etish emas, balki ularning ma’nosi, tarixi va sivilizatsiya taraqqiyotidagi ahamiyatini tushuntirish ekanini ta’kidladilar.

Avstraliyalik Xloya Markaz orqali Ipak yo‘li sivilizatsiyasi va islom ilmiy merosi haqidagi tasavvurlari yanada boyiganini aytdi.

"Men O‘zbekistonning tarixi va uning qanchalik yirik sivilizatsiya markazi bo‘lganidan juda ta’sirlandim. Ipak yo‘li orqali ilm-fan va madaniyat butun dunyoga qanday tarqalganini ko‘rish juda qiziq bo‘ldi. Bu yerga kelgach, tarixga mutlaqo boshqacha nigoh bilan qaray boshladim. Rostini aytsam, men O‘zbekistonni sevib qoldim."

Avstraliyalik Daniyel esa Markaz an’anaviy me’morchilik va zamonaviy muzey texnologiyalarining muvaffaqiyatli uyg‘unlashgan namunasi ekanini ta’kidladi.

Uning aytishicha, internet orqali ko‘rganlari Markaz haqida ma’lum tasavvur bergan bo‘lsa-da, uning haqiqiy qiyofasi va ekspozitsiyalar sifati kutilganidan ham yuqori bo‘lgan.

Xalqaro olimpiadaning avstraliyalik yana bir ishtirokchisi binoga birinchi nazar tashlaganda uni bir necha asr avval qurilgan tarixiy inshoot deb o‘ylaganini, keyin esa uning zamonaviy loyiha ekanini bilib hayratlanganini aytdi. Uning fikricha, milliy me’moriy an’analar bilan zamonaviy yechimlarning uyg‘unligi Markazni o‘ziga xos maskanga aylantirgan.

Kanada vakili Tim esa Buyuk siymolar galereyasi va muzey ekspozitsiyalarini yuqori baholab, muzey nafaqat tarix haqida ma’lumot beradi, balki xalqning madaniy xotirasi va milliy o‘zligini zamonaviy uslubda hikoya qilishini qayd etdi.

Tashrif yakunida Xalqaro kimyo olimpiadasi ishtirokchilari bunday tashriflar yosh olimlar o‘rtasida nafaqat ilm-fan sohasidagi hamkorlikni, balki turli sivilizatsiyalar, madaniyatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro anglashuvni ham mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

olimpiadakimyo

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14826
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12220
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9948
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar