Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Moviy osmon ramzidagi devorda ixtirolar kreativ  aks ettiriladi

29.04.2025, 20:081285
Moviy osmon ramzidagi devorda ixtirolar kreativ  aks ettiriladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Birinchi Renessans davri ekspozitsiyasi doirasida muzeylashtirish masalalalari muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda tarix fanlari doktori, professor  Surayyo Karimova, markaz bosh ilmiy xodimi Zohidulla Munavvarov va boshqalar  Italiyaning “Magister Art” kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar olib bordi.   

Uchrashuvda markazning ushbu boʻlimini muzeylashtirish masalalari keng muhokama etildi. Boʻlimni ilmiy, vizual va texnologik jihatlarini boyitish masalalariga ahamiyat qaratildi. 

“Magister Art” kompaniyasi kreativ direktori Alessandra Kostantini Oʻzbekistondagi Birinchi Renessans davri, olimlar va ularning kashfiyotlari borasida mahalliy olimlar yuborgan maʼlumotlar asosida muzeylashtirish jarayonlari haqida maʼlumot berib oʻtdi. 

Turkiyaning “Ilm, fan va texnologiyalar” muzeyida boʻldik. Maʼlumotlar asosida qurilgan muzeyda qiziq faktlar koʻp ammo eksponatlar kam edi. Shuning uchun ham u yerga odamlar juda kam kelishadi.  Italiyadagi “Fan” muzeyida esa aksincha. Har bir eksponatning nazariyasi emas, amaliy  faoliyati aks etgan. Biz ham markazda ana shu usulni qoʻllamoqchimiz. Bu yerga tashrif buyuruvchilar sigʻimini oshirish uchun qoʻldan kelguncha harakat qilyapmiz. Markaz zerikarli maʼlumot va faktlardan iborat boʻlib qolmasligi kerak. Texnologiya rivojlangan davrda yashayapmiz. Boʻlimni faktlar bilan boyitish kerak boʻlsa kichik linklar, qodlar va belgilar ostida bularni aks ettirish mumkin boʻladi. Biz moviy osmon ramzidagi devorda ixtirolarni zamonaviy va kretiv tarzda joylashtirishni reja qilyapmiz, — dedi kompaniya vakili.

ZOOM platformasi orqali oʻtgan  videomuloqot qizgʻin muzokaralarga boy boʻldi. Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning  dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizni ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14836
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12228
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9955
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7989
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar