

Yangiliklar
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida gidlar malakasi oshirilmoqda
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida gidlar uchun navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida Markazning Muzey va eksponatlar ilmiy bo‘limi katta ilmiy xodimi Obid Tangirov gidlarga muzeyning eng noyob loyihalaridan biri «Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devori» ekspozitsiyasi haqida batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda ekspozitsiyaning ilmiy konsepsiyasi, me’moriy yechimi, eksponatlar tarkibi hamda multimedia imkoniyatlari atroflicha tushuntirildi. Ekspozitsiya uchta yirik qismdan iborat:
«Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari»
«Birinchi Renessans»
«Ikkinchi Renessans»
Har bir qism 52 metr uzunlik va 8 metr balandlikka ega bo‘lib, O‘zbekiston hududidagi davlatchilik tarixi, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotini yaxlit xronologik zanjir asosida namoyon etadi. Ekspozitsiya tarkibida yuzlab noyob eksponatlar, tangalar, maketlar, grafik tasvirlar, videoroliklar, interaktiv o‘yinlar, elektron xaritalar va gologrammalar jamlangan bo‘lib, ular tashrif buyuruvchilarga boy tarixiy merosni zamonaviy texnologiyalar orqali qiziqarli va ta’sirchan shaklda taqdim etadi.
Bunday o‘quv-seminarlar gidlarning kasbiy mahoratini oshirish, muzey ekspozitsiyalarini ilmiy asosda va qiziqarli tarzda taqdim etish, shuningdek, mehmonlarga yanada sifatli xizmat ko‘rsatishga xizmat qiladi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.