Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom san’atining betakror namunalari: «Alloh» va «Muhammad» yozuvli noyob pannolar

16.07.2026, 18:17587

Yaqinda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida tashkil etilgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi doirasida «Islom nuri durdonalari» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda islom san’ati va madaniy merosining noyob namunalari keng jamoatchilikka namoyish etildi. Ko‘rgazmada katta qiziqish uyg‘otgan eksponatlardan biri XIX–XX asrlarga oid Usmoniylar davrida yaratilgan «Alloh» va «Muhammad» yozuvli kalligrafik pannolar bo‘ldi.

O‘lchami 202,2 × 205,5 santimetr, qalinligi 3,5 santimetr bo‘lgan ushbu muhtasham asarlar nafaqat salobati, balki yuksak xattotlik mahorati va badiiy yechimi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Pannolarda muqaddas «Alloh» va «Muhammad» kalimalari islom kalligrafiyasining eng yuksak an’analari asosida nafis uslubda aks ettirilgan.

Usmoniylar davrida kalligrafiya yozuv san’atidan ancha yuksak ma’naviy va badiiy qadriyat sifatida shakllangan. Masjidlar, madrasalar, saroylar va boshqa me’moriy obidalar ana shunday kalligrafik asarlar bilan bezatilib, ular nafaqat bezak, balki ma’naviy-estetik tarbiya vositasi vazifasini ham bajargan. Mazkur pannolar ham musulmon xalqlarining yuksak estetik didi, xattotlik maktabi va islom san’atining boy an’analarini o‘zida mujassam etgan noyob madaniy meros namunasidir.

Bugun ushbu betakror asarlar O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyasining eng qimmatli namunalaridan biri sifatida tashrif buyuruvchilarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Ular orqali mehmonlar Usmoniylar davri san’ati, islom kalligrafiyasi va ko‘p asrlik ma’naviy meros bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Bu kabi noyob eksponatlar Markazning nafaqat muzey, balki islom sivilizatsiyasining boy ilmiy, madaniy va badiiy merosini jahon hamjamiyatiga yetkazuvchi muhim ma’rifiy maskan sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlamoqda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14830
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12225
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9952
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7982
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar