Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekiston delegatsiyasi YUNESKOga bordi

17.07.2026, 10:48887
O‘zbekiston delegatsiyasi YUNESKOga bordi

O‘zbekiston YUNESKO bosh qarorgohida joriy yil oktyabrь oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro ko‘rgazma va konferensiyaga tayyorgarlik doirasida Parijda qator ishchi uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Uchrashuvlarda YUNESKO, ICESCO va Islom hamkorlik tashkiloti vakillari bilan ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmlari, xalqaro tadbirlar konsepsiyasi hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

2026-yil 15-iyul kuni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va ommalashtirish bo‘yicha Butunjahon jamiyati delegatsiyasi O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili Kamol Muxtorov hamrohligida Parij shahridagi YUNESKO bosh qarorgohida qator ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muzokaralar markazida joriy yil oktyabrь oyida YUNESKO bosh qarorgohida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro ko‘rgazma va konferensiyaga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, madaniy merosni asrash, ilmiy hamkorlikni kengaytirish va ma’rifiy diplomatiyani rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli qo‘shma tashabbuslar bo‘ldi.

Tashrif doirasida Islom hamkorlik tashkilotining YUNESKOdagi vakolatxonasi rahbari Salima Delibey bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda YUNESKO maydonida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan taqdimotlar, ko‘rgazmalar va xalqaro konferensiyalarning konsepsiyasi, mazmun-mohiyati va kutilgan natijalari muhokama qilindi.

Salima Delibey O‘zbekistonda keyingi yillarda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yuqori baholadi. Shuningdek, yaqinda Toshkent, Samarqand va Termiz shaharlarida o‘tkazilgan Birinchi xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumining yuqori darajada tashkil etilganini ta’kidlab, Islom hamkorlik tashkiloti YUNESKO maydonida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalar va xalqaro konferensiyalarda faol hamkor sifatida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

ICESCOning YUNESKOdagi doimiy vakili Samiya Jakta bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ham oktyabrь oyidagi xalqaro tadbirlarning tashkiliy jihatlari muhokama qilinib, tashkilot mazkur loyihalarni hamkorlikda amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Shuningdek, YUNESKO Kotibiyatining Konferensiyalar, tillar va hujjatlar boshqarmasi mas’ullari bilan o‘tkazilgan texnik uchrashuvlarda konferensiya va ko‘rgazma zallarini zamonaviy talablar asosida jihozlash, multimedia infratuzilmasini shakllantirish hamda ekspozitsiyalarni joylashtirish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuvlar yakunida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Izzat Ibragimov ushbu tashrifni Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan ma’rifatparvarlik siyosati va madaniy diplomatiyaning xalqaro maydondagi amaliy davomi sifatida baholadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugun nafaqat mamlakatning ilmiy va madaniy salohiyatini namoyon etadigan muassasa, balki musulmon sivilizatsiyasining boy intellektual merosini zamonaviy formatlarda xalqaro hamjamiyatga taqdim etadigan global platformaga aylanib bormoqda. YUNESKO bosh qarorgohida rejalashtirilayotgan ko‘rgazma va xalqaro konferensiya esa ushbu merosni jahon auditoriyasiga yetkazish, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish va xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Parijda o‘tkazilgan mazkur uchrashuvlar O‘zbekistonning keyingi yillarda madaniy diplomatiyani tashqi siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida rivojlantirayotganini yana bir bor namoyon qildi. YUNESKO, ICESCO va Islom hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro institutlar bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik mamlakatning boy madaniy va ilmiy merosini global maydonda keng targ‘ib qilish, Markaziy Osiyoning sivilizatsiyalar tarixidagi o‘rni haqidagi xalqaro ilmiy muloqotni chuqurlashtirish hamda madaniy meros sohasidagi ko‘p tomonlama sheriklikni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

YUNESKO

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14821
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12215
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9943
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7974
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma