Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining Yaponiyadagi keng qamrovli taqdimoti o‘tkazildi

20.07.2026, 11:51861

Tokio shahrida O‘zbekiston elchixonasi hamda Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida mazkur markazning Yaponiyadagi ilk keng qamrovli taqdimoti tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Taqdimotda Yaponiyaning ta’lim va madaniyat muassasalari, xususiy kompaniyalar, sayyohlik tashkilotlari vakillari, Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon diplomatik korpusi a’zolari, olimlar, tadqiqotchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, Yaponiyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar va o‘zbek talabalari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy maqsad va vazifalari, uning islom sivilizatsiyasi, ilm-fan va madaniyat tarixini o‘rganish, noyob qo‘lyozmalar va madaniy merosni jamlash, saqlash va keng targ‘ib qilishga qaratilgan faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Markaz nafaqat muzey va ilmiy-ma’rifiy majmua, balki turli xalq va sivilizatsiyalar o‘rtasida muloqotni mustahkamlaydigan xalqaro platforma ekani ta’kidlandi.

Taqdimot doirasida Markaz ekspozitsiyalarida aks etadigan mavzular, xususan, O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk allomalarning jahon ilm-fani va islom tafakkuriga qo‘shgan beqiyos hissasi, shuningdek, Amir Temur va temuriylar davrining sivilizatsiya taraqqiyotidagi o‘rni haqida taqdimotlar o‘tkazildi.

Markaz direktori maslahatchisi, professor Tursunali Qo‘ziyev “Ma’rifat orqali kelajakka” mavzusida ma’ruza qilib, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tarixiy xotirani tiklash, madaniy merosni asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish, shuningdek, xalqaro ilmiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.

Yaponiya Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti professori Manabu Simidzu o‘z chiqishida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan Uchinchi Renessans g‘oyasi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati mamlakatning boy ma’naviy merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib etishga xizmat qilayotganini qayd etdi. U Markaz Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ilmiy, madaniy va gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga bag‘ishlangan taqdimot filьmi namoyish etildi. Shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar haqidagi videomateriallar hamda O‘zbekistonning madaniy merosi va me’moriy obidalarini aks ettiruvchi fotoko‘rgazma katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Mazkur taqdimot O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash, uning ilmiy-ma’rifiy salohiyatini xorijiy hamkorlarga tanitish hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar