Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Gonkongdagi Gugun madaniyat muzeyi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorlik memorandumini imzoladi

20.07.2026, 14:48694

Gonkong teleradiokompaniyasi RTHK O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Gonkongdagi Gugun madaniyat muzeyi o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga keng o‘rin ajratdi. Nashrda mazkur kelishuv islom madaniyati va san’ati sohasida qo‘shma ko‘rgazmalar, ilmiy tadqiqotlar, mutaxassislar tayyorlash va muzeylar o‘rtasida tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlangan. Shuningdek, 2028-yilda Gonkongda Qadimgi Ipak yo‘liga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etish, kelgusida esa Gonkong muzeylari kolleksiyalaridagi noyob eksponatlarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotgani qayd etilgan.

Gonkongdagi Gugun madaniyat muzeyi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu muzey tomonidan joriy yilda O‘zbekistonning madaniy muassasasi bilan tuzilgan ikkinchi madaniy hamkorlik memorandumi hisoblanadi.

Muzey direktori Luis Ng ma’lum qilishicha, o‘tgan oyda O‘zbekiston Milliy tarix muzeyi bilan ham hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lib, ayni paytda 2028-yilda Gonkongdagi Gugun madaniyat muzeyida Qadimgi Ipak yo‘liga bag‘ishlangan ko‘rgazmani tashkil etish ishlari olib borilmoqda. Ko‘rgazmada Xitoyning bir qator noyob madaniy meros namunalarini namoyish etish rejalashtirilgan.

Uning ta’kidlashicha, bu galgi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan hamkorlik asosan islom madaniyati va san’ati sohasidagi almashinuvlarga qaratilgan. Kelgusi yillarda qo‘shma ko‘rgazmalar, ilmiy tadqiqotlar va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha dasturlar amalga oshiriladi. Shuningdek, Gonkong muzeylari kolleksiyalaridagi oltin buyumlar, ipak asarlari kabi eksponatlarni O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida namoyish etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Tomonlar kadrlar almashinuvi, ta’lim sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish va Markaziy Osiyo muzeylari bilan tajriba almashishni ham rejalashtirmoqda.

Luis Ng O‘zbekiston boy madaniy merosga ega mamlakat ekanini, mahalliy madaniyat sohasi vakillari Xitoy bilan hamkorlikka katta qiziqish bildirishini qayd etdi. Uning fikricha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi vakillarining Gonkongga tashrifi va ma’ruzada ishtirok etishi ikki hudud o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlaydi. Bu, shuningdek, Xitoyning o‘n beshinchi besh yillik taraqqiyot rejasi doirasida Gonkongning xalqaro madaniy va san’at almashinuvi markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi va kelgusida bu hamkorlikni yanada chuqurlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.

Xitoymemorandum

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14838
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12231
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9960
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7992
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar