Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Oʻzbekistondagi yangi kutubxona uchun Niderlandiya tajribasidan foydalaniladi

30.04.2025, 09:531133
Oʻzbekistondagi yangi kutubxona uchun Niderlandiya tajribasidan foydalaniladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida megaloyiha kutubxonasining intereri, dizayni va unga texnikalarni joylashtirish masalalari muhokama etildi. Uchrashuv avvalida Markazning ilmiy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi Gulnora Gʻaniyeva boʻlimning ishchi guruhi aʼzolariga jarayonlarning borishi boʻyicha zarur koʻrsatmalar berib oʻtdi.  


 

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori Umida Teshaboyeva markaz kutubxonasining intereri, dizayni va unga texnikalarni joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida  taqdimot qildi. 

Markaz kutubxonasida Niderlandiyaning kutubxonachilik tajribasidan keng va unumli foydalaniladi. U yerdagi kutubxonalarda mavjud yangi va zamonaviy uskunalar jalb etilib, kitobxonlarga qulay sharoitlar yaratiladi. Telefon xonachalari, audio-vizual xonalar, kitoblarni nusxalash va koʻchirish xonalari shular jumlasidandir. Quvonarlisi, bu yerda insonlar texnikalar yordamida  oʻzlariga oʻzlari xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari boʻlimda kovorking markazi, olimlar xonasi, bolalar uchun maxsus xonachalar boʻladi. Kutubxonaga jalb etiladigan texnikalar Markaziy Osiyoda yagona boʻlishi kutilmoqda, — dedi Umida Teshaboyeva. 

Taqdimotga koʻra, markaz kutubxonasi ikki qavatdan iborat boʻlib, uning dizaynida milliylik aks etadi, intererida zamonaviylik uygʻunlashtiriladi. Maʼlum qilinishicha, I bosqichda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan 15 ta medialoyihaga yana uchta medialoyiha qoʻshilgan. 

Uchrashuv davomida Lui Brayl yozuvidagi boʻrtma nuqtali kitoblarni chop etish va saralash masalalari keng muhokama etildi. Ularning audio shaklini yaratishda nimalarga ahamiyat berish boʻyicha fikr va mulohazalar tinglandi. Maʼlumot uchun, markaz kutubxonasi bir vaqtning oʻzida 200 dan ortiq kitobxonga xizmat koʻrsatishi rejalashtirilmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning  dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.

carousel image 1
carousel image 2

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14836
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12229
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9956
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7990
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar