Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

O‘zbekiston xalq artisti Ubaydullo Omon Islom sivilizatsiyasi markazining ma’rifiy ahamiyatini yuqori baholadi

«Allohga shukronalar bo‘lsin, bugun birinchi marta Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurish nasib qildi. Bu dargoh Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning tashabbusi bilan barpo etilgan. Bu yerga kirgan har qanday inson O‘zbekiston tarixi va islom sivilizatsiyasi haqida boy bilimlarga ega bo‘lib chiqadi. Men ham bugun o‘zim uchun ko‘plab yangi ma’lumotlar oldim. Ayniqsa, Birinchi Renessans davriga oid eksponatlar, buyuk allomalarimiz merosi va ularning insoniyat sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi menda juda katta taassurot qoldirdi», — dedi Ubaydullo Omon.

Tashrif yakunida xalq artisti Markazda yaratilgan boy ilmiy-ma’rifiy muhit, noyob ekspozitsiyalar va ajdodlar merosini zamonaviy texnologiyalar orqali namoyish etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Uning fikricha, bunday ma’rifiy maskanlar yosh avlodning milliy o‘zligini anglashi, tarixga qiziqishini oshirishi, ilmiy dunyoqarashini kengaytirishi va ma’naviy kamolotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.