Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

Saloh Mavajdeh: O‘zbekiston islom merosini dunyoga taqdim etishning yangi modelini yaratdi

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligidagi yetakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biri — Hikma Pharmaceuticals LLCning Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA) mintaqasi davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti Saloh Mavajdeh O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Tashrif chog‘ida u Markaz bilan tanishib, ushbu muassasani islom sivilizatsiyasi merosini asrash va uni zamonaviy usullarda dunyoga taqdim etishga xizmat qilayotgan muhim xalqaro maydon sifatida baholadi.

Tashrif davomida Saloh Mavajdeh Markazning muzey eksponatlari mazmuni, tarixiy ahamiyati va ilmiy qiymatiga qiziqdi.

Saloh Mavajdehning fikricha, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi nafaqat boy islomiy merosni asrab-avaylash, balki uni zamonaviy auditoriyaga tushunarli va ta’sirchan shaklda yetkazish borasida ham muhim xalqaro ahamiyat kasb etmoqda.

«Ko‘rganlarimdan juda mamnun bo‘ldim. Ayniqsa, qisqa vaqt ichida islom tarixi va sivilizatsiyasi haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkoniyati yaratilgani meni hayratga soldi. O‘zbekistonning ushbu boy islomiy merosni kelajak avlodlar uchun saqlab qolayotgani juda quvonarli. Yangi avlod an’anaviy o‘qitish usullaridan tez zerikishi mumkin. Bu yerda esa videomateriallar, maketlar va tarixiy voqealarning zamonaviy talqini orqali axborot juda samarali yetkazilgan. Bu yoshlarda o‘z tarixi va islom sivilizatsiyasi bilan faxrlanish tuyg‘usini shakllantiradi. Kitob mutolaasi muhim, ammo tarixni shunday interaktiv muhitda ko‘rish uni yanada mazmunli va ta’sirchan qiladi», — dedi Saloh Mavajdeh.

Tashrif yakunida iordaniyalik mehmonning qayd etishicha, bunday tashabbuslar madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash, tarixiy xotirani saqlash va kelgusi avlodlarga boy ma’naviy merosni yetkazishga xizmat qiladi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.