

Yangiliklar
Pokiston delegatsiyasi vakili: O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi merosini saqlashning zamonaviy uslubini yaratmoqda
Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan «Birodar shaharlar xalqaro forumi» doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Pokiston delegatsiyasi vakili Muhammad Umayr O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi. Muhammad Umayr Markazning arxitektura konsepsiyasi, muzey ekspozitsiyalari va raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv yechimlari bilan tanishar ekan, uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston hukumati tomonidan milliy va islomiy merosni asrash, ilmiy jihatdan tadqiq etish va innovatsion usullar orqali namoyish qilishga qaratilgan sa’y-harakatlar xalqaro miqyosda e’tiborga loyiq.
«Avvalo, O‘zbekiston hukumatining ushbu tashabbusiga nisbatan chuqur hurmat va minnatdorligimni bildiraman. O‘zbekistonda tarixiy-madaniy merosga katta ehtirom bilan munosabatda bo‘linayotgani, uni o‘rganish va namoyish etish borasida yaxlit ilmiy yondashuv shakllantirilgani tahsinga sazovor. Bu Markaz nafaqat mahalliy aholi, balki diniy turizm va musulmon dunyosi tarixini o‘rganishga qiziqqan talabalar hamda tarix ixlosmandlari uchun ham muhim ahamiyatga ega. Muzeydagi har bir jihat o‘ziga xos. Ayniqsa, tarixiy ma’lumotlarni tushuntirish va namoyish etishda zamonaviy texnologiyalarning uyg‘unlashtirilgani menda katta taassurot qoldirdi. Tarixni, o‘z ildizlari va madaniyatini o‘rganishga qiziqqan barcha yoshlar va talabalarga ushbu Markazga kelishni tavsiya qilaman. Bu yerni to‘liq o‘rganish uchun yetarlicha vaqt ajratish lozim. Ishonchim komilki, bunday tashrif ular uchun juda mazmunli va samarali bo‘ladi», — dedi Muhammad Umayr.
Pokistonlik mehmonning qayd etishicha, bunday madaniy-ma’rifiy markazlar turli mamlakatlar va xalqlarni umumiy tarixiy meros asosida yaqinlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaz ekspozitsiyalarida Hindiston yarimoroli, Pokiston, Markaziy Osiyo va Afrika hududlarini bog‘lagan tarixiy aloqalar, jumladan Buyuk Ipak yo‘li sivilizatsiyasiga oid merosning yoritilishi madaniyatlararo muloqot va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.