

Yangiliklar
Fahd Ash-Shabal: “Tinchlik va hamkorlikning eng mustahkam poydevori”
O‘zbekistonga tashrifi davomida Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishgan Saudiya Arabistoni Podshohligi Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi vakili, NUPCO kompaniyasi bosh ijrochi direktori Fahd Ash-Shabal dunyodagi hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim omilga munosabatini bildirdi.
NUPCO kompaniyasi bosh ijrochi direktori Fahd Ash-Shabal Markazni O‘zbekistonning boy tarixiy va islomiy merosini ilmiy asosda saqlash, tadqiq etish hamda xalqaro jamoatchilikka zamonaviy usullarda taqdim etayotgan muhim madaniy-ma’rifiy muassasa sifatida baholadi.
NUPCO kompaniyasi bosh ijrochi direktori Fahd Ash-Shabal Markaz bilan tanishuv unda O‘zbekiston tarixi haqida yanada kengroq tasavvur hosil qilganini qayd etdi.
«Bu Markaz bilan tanishganimdan juda mamnunman. Bu yerda O‘zbekistonning islomgacha bo‘lgan tarixi, islom sivilizatsiyasining yuksalish davrlari va mamlakatning bugungi taraqqiyoti haqida yaxlit tasavvur hosil qildim. Ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etgan barchaga minnatdorlik bildiraman. Biz bir-birimizning tarix va madaniyatimizni qanchalik yaxshi bilsak, o‘zaro ishonch ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Har bir xalqning tarixi, qadriyatlari va madaniy muhitini anglash mamlakatlar o‘rtasidagi yaqinlikni kuchaytiradi. Madaniyatlarni chuqur anglash dunyodagi hamjihatlik va hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim omil hisoblanadi», — dedi u.
Markazda jamlangan noyob eksponatlar, ilmiy manbalar va zamonaviy taqdimot texnologiyalari madaniyatlararo muloqot uchun umumiy platforma yaratib, tarixiy merosni anglash orqali xalqlar o‘rtasidagi ishonch va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilayotgani qayd etildi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.