

Yangiliklar
Sudyalar: «Bu markaz yoshlarda tarixga hurmat va vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlaydi»
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashabbusi bilan mamlakatning turli hududlaridan sudyalar va sud apparati xodimlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurishdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudьyasi Nargiza Sharipova Markazni mamlakat tarixi va ma’naviy merosini kompleks tarzda yorituvchi ilmiy-ma’rifiy muassasa sifatida baholadi.
«Markazdagi ekspozitsiyalar bizda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekistonning azaliy tarixi, boy madaniy an’analari va xalqimiz merosi bir makonda jamlangani alohida ahamiyatga ega. Eksponatlarning mazmunan boyligi har bir tashrif buyuruvchiga mamlakatimiz tarixi va madaniyatini chuqurroq anglash imkonini beradi. Zamonaviy texnologiyalar tarixiy bilimlarni yanada tushunarli va ta’sirchan shaklda taqdim etmoqda», — dedi u.
Buxoro viloyati Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudi raisi o‘rinbosari Umid Jumayev Markazning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Uning fikricha, muzey ekspozitsiyalari mamlakat tarixi haqida yaxlit tasavvur shakllantirib, Birinchi va Ikkinchi Renessans davrlari hamda ajdodlar merosini anglashga xizmat qiladi.
«Bu markaz yosh avlod qalbida tariximizga hurmat, ajdodlarimiz bilan faxrlanish va ularning ilm-ma’rifat an’analarini davom ettirish kabi qadriyatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega», — dedi u.
Jizzax viloyati sudi sudyasining katta yordamchisi Ibod Xurshid Markazdagi muzey konsepsiyasi tarixiy jarayonlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida his qilish imkonini yaratishini qayd etdi.
«Biz bu voqealar haqida kitoblarda o‘qiganmiz. Ammo bu yerda ekspozitsiyalar bilan tanishar ekanmiz, go‘yo o‘sha tarixiy davr muhitiga kirib borgandek bo‘ldik. Har bir bo‘lim ortida ulkan ilmiy mehnat mujassam. Bu insonda o‘z tarixi va madaniyati bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytiradi. Ishonamanki, xorijlik mehmonlar ham bu yerda O‘zbekistonning boy sivilizatsion merosini yanada chuqurroq anglaydilar», — dedi u.
Tashrif yakunida ishtirokchilarning ta’kidlashicha, Markazda shakllangan muhit milliy o‘zlikni anglash, madaniy merosni asrab-avaylash, huquqiy va ma’naviy madaniyatni mustahkamlash hamda yosh avlodda vatanparvarlik, tarixiy xotira va ilmga hurmat tuyg‘ularini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Eng ko‘p o‘qilganlar


Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Markazga tashrif
Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.