Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Islom sivilizatsiyasi markazi xodimi “Innovatsion loyihalar” tanlovida Gran-pri sohibi bo‘ldi

10.08.2026, 16:19789
Islom sivilizatsiyasi markazi xodimi “Innovatsion loyihalar” tanlovida Gran-pri sohibi bo‘ldi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan “Yosh kutubxonachilar” VI Respublika ilmiy-amaliy forumi o‘tkazildi.

Forum doirasida axborot-kutubxona sohasini zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash, istiqbolli loyihalarni amaliyotga joriy etish hamda yosh mutaxassislarning salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Innovatsion loyihalar” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda respublika hududlaridan 76 ta startap loyiha ishtirok etdi. Saralash bosqichi natijalariga ko‘ra, eng istiqbolli deb topilgan 12 ta loyiha final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Final bosqichida ishtirokchilar o‘z loyihalarini ekspertlar va tanlov hay’ati a’zolariga taqdim etdi. Loyihalar dolzarbligi, innovatsion yondashuvi, amaliy ahamiyati, amalga oshirish mexanizmlari, barqarorligi va kutilayotgan ijtimoiy samaradorligi mezonlari asosida baholandi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Kutubxona va arxiv hujjatlari bo‘limi boshlig‘i Ravshan Qodirov tomonidan taqdim etilgan loyiha tanlovning eng yuqori mukofoti — Gran-priga munosib deb topildi.

Ravshan Qodirov ushbu natija xususida to‘xtalib, quyidagilarni ta’kidladi:

“Tanlovda Gran-pri sohibi bo‘lganimni, avvalo, kasbiy faoliyatimga bildirilgan yuksak baho sifatida qabul qilaman. Bugun axborot-kutubxona sohasida raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Taqdim etilgan loyiha ham sohadagi zamonaviy talablar va amaliy ehtiyojlardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan. Ushbu natija kelgusida loyihani yanada takomillashtirish va amaliyotga samarali tatbiq etish borasidagi mas’uliyatimizni yanada oshiradi”, — dedi Ravshan Qodirov.

Tanlov natijasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mutaxassislarining axborot-kutubxona sohasida zamonaviy bilim va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish borasidagi salohiyatini namoyon etdi.

Shuningdek, mazkur yutuq Markazda kutubxona va arxiv hujjatlarini saqlash, o‘rganish, tizimlashtirish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom etayotganining amaliy natijalaridan biri bo‘ldi.

Tanlov g‘oliblari diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

forumKutubxonaGran-pri

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14828
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar