Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ekspeditsiya xabarlari: poytaxt muzeylaridan Oʻzbekistondagi megaloyiha uchun nodir buyumlar saralanmoqda

30.04.2025, 18:081065

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini artefaktlar bilan boyitish maqsadida poytaxt muzeylari boʻylab ekspeditsiya ishlari davom etmoqda. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Jannat Hamidova boshchiligidagi ishchi guruh Oʻzbekiston davlat sanʼati va Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeylarida boʻlishdi. 

Ishchi guruh aʼzolari Oʻzbekiston davlat sanʼati muzeyidan markaz ekspozitsiyasi uchun 50 ga yaqin, Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyidan 200 ga yaqin  eksponat tanlab olishdi.  

Dastlab  Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi masʼul xodimlari bilan uchrashib, markazga jalb qilinishi koʻzda tutilgan eksponatlar bilan tanishdi.  Maʼlum qilinishicha, eksponatlar orasida arxeologiya yoʻnalishida nodir ashyolar, sopol buyumlar va boshqa detallar mavjud. Shuningdek, roʻyxatdan etnografiya yoʻnalishi – oʻzbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzini aks ettiruvchi buyumlar, milliy liboslar va asbob-uskunalar oʻrin olgan. 

Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyida ishchi guruh aʼzolari muzey fondida saqlanayotgan hunarmandchilik, kulolchilik, kashtachilik, yogʻoch oʻymakorligi, metall buyumlar hamda boshqa amaliy sanʼat turlariga oid eksponatlar bilan tanishishdi. Ularning har biri diniy-estetik jihatdan Islom madaniyati bilan uzviy bogʻliqligi nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Ishchi guruhga Markaz ekspozitsiyasi uchun muzey tomonidan taqdim etiladigan eksponatlar taqdim etildi. 

Quvonarlisi, eksponatlar orasida nodir sanʼat asarlari, qadimgi arxeologik materiallar mavjud. Shuningdek, Buxoroda zardoʻzlik sanʼatiga oid qadimiy chopon, qimmatbaho taqinchoqlar va nodir maishiy buyumlar ham mavjud boʻlib, ular Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ochilishida alohida namoyish etilishi koʻzda tutilgan eksponatlar qatoridan joy olgan.  

Mazkur ekspeditsiyalar Markazda yaratilayotgan ekspozitsiyalarni boyitish, muzeylararo hamkorlikni mustahkamlash va tajriba almashinish maqsadida tashkil etildi. Ishchi guruh aʼzolari orasida muzeyshunoslik boʻyicha yuqori salohiyatga ega mutaxassislar mavjud boʻlib, ular eksponatlarni har tomonlama oʻrganib, tadqiq etmoqda.  

Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning  dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14837
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12230
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9957
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7991
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar