Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

Amir Temurga bag‘ishlab yana bir muhtasham majmua barpo etiladi


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va boy merosiga bag‘ishlangan muzey-yodgorlik majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, majmuaning markazida Amir Temur haykali qad rostlaydi. Uning atrofida zamonaviy bog‘, muzey, kutubxona va madrasa, mehmonxona, hunarmandchilik hamda zargarlik do‘konlari, milliy taomlar maskani, istirohat hududlari va favvoralar barpo etiladi. Majmuaning bosh kirish qismida esa tarixiy me’morlik uslubidagi muhtasham arka bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Muzeyda Amir Temurning hayoti, davlatchilik faoliyati, harbiy mahorati, bunyodkorlik ishlari va tarixiy merosini keng yoritishga alohida e’tibor qaratiladi.

Mazkur majmua tarix, ma’rifat, madaniyat va turizmni birlashtirgan yangi maskan sifatida shakllanishi kutilmoqda. U mahalliy aholi, yoshlar, mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun tarixiy merosni anglash va o‘rganish imkonini yaratadi.

Shuningdek, loyiha Yakkabog‘ tumanining turistik jozibadorligini oshirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini shakllantirish, milliy hunarmandchilikni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh avlodni tarixiy meros va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.