Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Uchinchi Renessansni kim quradi?

14.08.2026, 10:39671
Uchinchi Renessansni kim quradi?

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi yubileyi arafasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida «Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, turli din va konfessiyalar vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi.

Tadbirda Uchinchi Renessansni barpo etishda jamiyatning kuchi haqida fikr almashildi. Fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni, parlament va jamoatchilik hamkorligi, NNTlar, OAV, o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyat taraqqiyotidagi mas’uliyati, shuningdek, bu yo‘nalishda yaratilgan huquqiy imkoniyatlar muhokama qilindi.

DSC02456.JPG

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev davra suhbatining aynan Islom sivilizatsiyasi markazida o‘tkazilishi chuqur ma’noga ega ekanini ta’kidladi. Uning fikricha, Birinchi va Ikkinchi Renessans merosi jamlangan bu maskan Uchinchi Renessans haqida so‘z yuritish uchun eng mazmunli muloqot maydonlaridan biridir.

Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlash faqat davlatning vazifasi emas. Bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining roli beqiyos. Ommaviy axborot vositalari, nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyatdagi o‘zgarishlarning nafaqat kuzatuvchisi, balki uning faol ishtirokchisi bo‘lishi kerak. Shu bois ularning huquqiy imkoniyatlarini kengaytirish — Uchinchi Renessans poydevorini mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir, — dedi deputat.

Davra suhbatidan keyin ishtirokchilar Markaz ekspozitsiyalari bilan tanishdi. Tashrif jarayoni esa muloqotda ko‘tarilgan g‘oyalarni tarixiy meros va zamonaviy tafakkur uyg‘unligida yana bir bor his etish imkonini berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Gulruh Agzamova Markazga tashrifni parlament va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi muloqotning mantiqiy davomi sifatida baholadi.

Bugun biz faqat fuqarolik jamiyati institutlarining Uchinchi Renessansdagi o‘rni haqida gapirmadik. Biz har bir insonning bu jarayondagi shaxsiy mas’uliyati haqida ham o‘yladik. Chunki Renessans faqat davlat dasturlari yoki qonunlar bilan barpo etilmaydi. U insonning o‘z ustida ishlashi, ilmga intilishi, jamiyat oldidagi mas’uliyatini anglashi va Vatan taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan shakllanadi.
Islom sivilizatsiyasi markazida biz O‘zbekiston tarixining nafaqat buyukligini, balki bu tarix bizga qanday mas’uliyat yuklayotganini ham his qildik. Bu yerdagi har bir eksponat, har bir ilmiy meros bizga ajdodlarimiz qoldirgan darajaga munosib bo‘lishimiz kerakligini eslatadi.
Shu ma’noda, Markaz — o‘tmish haqida ma’lumot beradigan muzeygina emas. U insonni o‘ziga savol berishga, o‘z imkoniyatlarini qayta baholashga va kelajakdagi o‘z o‘rni haqida o‘ylashga undaydi, — dedi Gulruh Agzamova.

Yoshlar parlamenti a’zosi Islom Mamadiyev esa Markazdagi ekspozitsiyalar Uchinchi Renessansning mohiyatiga oid yana bir muhim xulosagas sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Biz bugun o‘z tariximizning ko‘lamini ko‘ribgina qolmadik — uning oldidagi mas’uliyatimizni ham his qildik. O‘zbekiston zaminida shakllangan ilmiy va madaniy merosning jahon tamadduniga ta’siri shunchalik ulkanki, bu tarixni bilgan yoshning Vatan haqidagi tasavvuri o‘zgarmasligi mumkin emas.
Ayniqsa, Markazda tarixiy merosning zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt va interaktiv yechimlar orqali namoyon etilayotgani muhim. Bu yerda yosh tomoshabin emas — tarixni anglash jarayonining bevosita ishtirokchisiga aylanadi.
Menimcha, Markazning eng katta ahamiyati ham shunda: inson bu yerdan faqat yangi ma’lumotlar bilan emas, balki “Uchinchi Renessansni barpo etishda mening o‘rnim qanday?” degan savol bilan chiqadi. Ana shu savolning paydo bo‘lishi — eng katta natija, — dedi I. Mamadiyev.

carousel image 1
carousel image 2
carousel image 3
carousel image 4

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar