Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

YUNESKO vakillari O‘zbekistonda tarixni o‘rganishning yangi usuliga guvoh bo‘lishdi

16.08.2026, 09:30543
YUNESKO vakillari O‘zbekistonda tarixni o‘rganishning yangi usuliga guvoh bo‘lishdi

YUNESKOning AKT bo‘yicha xalqaro markazi vakili Kven Sheng Syuy Markaz muzeyi bilan tanisharkan, o‘z taassurotlarida tarixiy xotiraning ta’lim jarayonidagi ahamiyatiga urg‘u berdi.
–        Har bir bola o‘z tarixini yaxshi bilishi kerak. O‘z xalqining tarixini bilish juda muhim. Muzeylar va tarixiy-ma’rifiy markazlar yosh avlodga o‘zining milliy va sivilizatsion ildizlarini anglashda muhim rolь o‘ynaydi.
Bu nuqtai nazar Islom sivilizatsiyasi markazining vazifasi faqat tarixiy eksponatlarni namoyish etishdan iborat emasligini ko‘rsatadi. Markaz tarixni ta’lim, ma’rifat va zamonaviy texnologiyalar bilan bog‘laydigan makon sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Mohigul Arasheva, Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi mutaxassisi:
– Markaz muzeyi ekspozitsiyalarida O‘zbekiston tarixi shunchaki sanalar va faktlar ketma-ketligi sifatida emas, balki mamlakatning sivilizatsion taraqqiyotini anglashga yordam beradigan yaxlit hikoya sifatida namoyon bo‘lgan.
Yangi O‘zbekistonga bag‘ishlangan ekspozitsiyada mamlakatning tarixi bilan birga bugungi taraqqiyot ruhi ham aks etgan.

Malayziyadagi O‘qituvchilar ta’limi instituti ma’ruzachisi Munira Hanafiy Markaz ekspozitsiyalarining qamroviga e’tibor qaratdi.
–       Bu yerda hamma narsadan oz-ozdan bor. Madaniyat, tarix, turli xalq guruhlarining rivojlanishi, astronomiya haqida ham bor. Bunday yondashuv yoshlar uchun sivilizatsiya tushunchasini kengroq anglash imkonini beradi. Markazda tarix, ilm-fan, madaniyat, me’morchilik va ma’naviy merosning bir-biri bilan bog‘liq holda taqdim etilishi O‘zbekiston hududida shakllangan sivilizatsiyalar tarixini yaxlit kontekstda ko‘rish imkonini beradi.

YUNESKO vakili Yan Linning fikrlari esa tashrifning yana bir muhim g‘oyasini ochib berdi.
–        Biz bir savol ustida o‘ylashimiz kerak: biz qayerdan keldik va qayerga ketyapmiz. Bunday muzey ta’limi har bir inson uchun juda muhim.

Qozog‘iston Respublikasi Oliy ta’limni rivojlantirish milliy markazi vakili Alibek Madibekov ham Markazni nafaqat islom tarixi, balki Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari taraqqiyotini anglash uchun muhim manba sifatida baholadi.
–        Ekspozitsiyalar mintaqada yashab ijod qilgan ajdodlarning ilm-fan, ma’rifat va islom madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasini chuqurroq anglash imkonini beradi.

Turli mamlakatlardan kelgan mehmonlarning fikrlari turlicha bo‘lsa-da, ularning qarashlarida umumiy bir g‘oya yaqqol ko‘zga tashlandi: Tarixni bilish — o‘tmishda qolib ketish emas, balki bugunni anglash va kelajakni to‘g‘ri tasavvur qilish vositasidir. Islom sivilizatsiyasi markazi ana shu g‘oyani tarixiy ekspozitsiyalar, ilm-fan merosi, zamonaviy texnologiyalar va ta’limiy yondashuvlar orqali bir makonda jamlamoqda.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar