Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Ibn Sino merosi dunyo olimlarini Buxoroda jamladi

17.08.2026, 21:00549
Ibn Sino merosi dunyo olimlarini Buxoroda jamladi

14–16-avgust kunlari qadimiy Buxoro shahrida «Abu Ali ibn Sino: zamonaviy tibbiyot va xalq tabobati – innovatsiyalar va investitsiyalar» mavzusida XIV Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi, Fanlar akademiyasi hamda Ibn Sino jamoat fondi hamkorligida tashkil etilib, unda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, 10 dan ortiq davlatlardan tibbiyot olimlari, tadqiqotchilar va sharqshunoslar ishtirok etdi. Ayrim ma’ruzalar onlayn tarzda ham taqdim qilindi.

Anjuman doirasida buyuk alloma Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan Afshona qishlog‘iga tashrif buyurildi. Ishtirokchilar alloma haykali poyiga gul qo‘yishdi. Anjuman dasturidan tibbiyot va farmakologiyaning dolzarb masalalari bilan bir qatorda, Ibn Sinoning boy falsafiy va adabiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan ma’ruzalar ham o‘rin oldi.

Anjumanda Islom sivilizatsiyasi markazi katta ilmiy xodimi Xusrav Hamidov«Hay ibn Yaqzon» qissasining mazmun-mundarijasi, tarjima va sharhlari haqida ma’ruza qildi. Unda asarning inson kamoloti, nafs tarbiyasi, ruhiy-ma’naviy uyg‘oqlik va borliqni anglash borasidagi falsafiy ahamiyati ilmiy jihatdan yoritib berildi.

Ta’kidlanganidek, «Hay ibn Yaqzon» insonni bilim va ma’rifatga intilish, o‘zlikni anglash hamda ma’naviy yuksalishga da’vat etuvchi noyob manba bo‘lib, asarning 10 dan ortiq tildagi tarjimalari mavjud. Qissa Sharq adabiyotidagi ramziy-falsafiy asarlar rivojiga ham muhim ta’sir ko‘rsatgan. Muallifning “Hay ibn Yaqzon” va boshqa qissalari uning adabiy mahoratini ko‘rsatadi, o‘quvchini falsafiy-tasavvufiy g‘oyalari bilan tanishtiradi. Ibn Sinoning ushbu asari ilk marta Abu Ubayd Juzjoniy tomonidan tarjima va sharhlangan. Juzjoniy sharhi Ibn Sinoning falsafiy-tasavvufiy g‘oyalarini tushunishga yordam beradi.

Tadbir doirasida Ibn Sino jamoat fondiga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan nashr etilgan «Uchinchi Renessans — Yangi O‘zbekiston» kitob-alьbomi Markaz rahbariyati nomidan taqdim etildi.

Umuman olganda, XIV Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari buyuk ajdodimizning ko‘p qirrali ilmiy merosini zamonaviy tibbiyot va falsafa yutuqlari bilan uyg‘unlashtirish, shuningdek, milliy ilmiy-ma’naviy merosimizni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12222
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar