Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish

Islom sivilizatsiyasi markazi

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Markaz haqida

  • Yangiliklar
  • Tashrif buyuruvchilar uchun ma'lumot
  • Umumiy ma'lumot

Veb-sayt

  • Multimedia
  • Mavzuli galereyalar

Ijtimoiy tarmoqlar

Biz bilan bog‘lanish

  • Telefon raqami: +998 55 511 23 06
  • Elektron pochta: info@cisc.uz
  • E-XAT: uz.ism@exat.uz
  • Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Karasaroy 47

© 2026 Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi

Ishlab chiquvchi Neovex

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziIslom sivilizatsiyasi markazi
Chipta sotib olish
  • Loyiha muallifi
  • Mehmonlarga
  • Qoʻllanma
  1. Bosh sahifa
  2. /
  3. Yangiliklar

Yangiliklar

Maqolaning to‘liq matni, illyustratsiyalar va Markazning boshqa yangiliklari to‘plami.

Xorijiy parlament vakillariga O‘zbekistonning tarixiy va zamonaviy taraqqiyoti taqdim etildi

18.08.2026, 20:25548
Xorijiy parlament vakillariga O‘zbekistonning tarixiy va zamonaviy taraqqiyoti taqdim etildi

«Mustaqil O‘zbekiston — 35 yillik taraqqiyot yo‘li: islohotlar, natijalar va istiqbollar» xalqaro konferensiyasi doirasida xorijiy parlamentlar a’zolari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Turkiya–O‘zbekiston parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi, Turkiya Buyuk Millat Majlisi deputati Osman Mesten Markazni nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiy dunyo uchun muhim madaniy maskan sifatida baholadi.

«Islom sivilizatsiyasi markazi bilan tanishar ekanmiz, O‘zbekistonning naqadar chuqur tarix va boy madaniy merosga ega ekanini yana bir bor his qildik. Men bu loyihaning qurilish jarayonini yaqindan kuzatib borganman. Bugun esa bu yerning haqiqatan ham jahon miqyosidagi muzey sifatida o‘z o‘rnini egallayotganiga guvoh bo‘ldik. Bunday ulkan loyihaning amalga oshirilishi ortida katta tafakkur, salohiyat va uzoqni ko‘zlagan qarash bor. Bu, avvalo, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi, qat’iy irodasi va loyihaga bo‘lgan yuksak e’tiborining samarasidir. U kishining bevosita e’tibori va ko‘rsatmalari asosida bunyod etilgan bu Markaz bugun o‘zining haqiqiy qiyofasini namoyon etmoqda.

Menimcha, bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiy dunyo uchun muhim muzey. Chunki bu yerda biz umumiy tariximizni ko‘rdik. Umumiy madaniy ildizlarimiz qanchalik chiroyli va ta’sirchan tarzda butun dunyoga namoyon etilganining guvohi bo‘ldik. Shuning uchun bu ulkan ishga hissa qo‘shgan, ayniqsa, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida ushbu loyihani amalga oshirishga mehnat qilgan barcha davlat arboblari, san’atkorlar va me’morlarga minnatdorchilik bildiraman. Markazning eng muhim jihatlaridan biri shundaki, u faqat O‘zbekistonning tarixi va madaniyatini yoritib qolmaydi. U bugungi yangilanayotgan O‘zbekiston va uning kelajagi haqida ham so‘zlaydi. Men butun dunyo fuqarolariga O‘zbekistonga kelishni, uning chuqur tarixi, boy madaniyati va bugungi taraqqiyotini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni tavsiya qilaman. Chunki O‘zbekistonning har bir shahri, har bir go‘shasi va har bir qishlog‘i ko‘rishga arziydi», — dedi u.

Ozar Amiraslanov, Ozarbayjon Milliy Majlisining Iqtisodiy siyosat, sanoat va tadbirkorlik qo‘mitasi raisi:

Bunday markazni tashkil etish tashabbusining o‘ziyoq davlat qudratidan dalolat beradi. Bu — o‘zbek xalqining va O‘zbekiston Respublikasining salohiyatini ko‘rsatadi. Markazda boy madaniy va diniy meros zamonaviy texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirilib, tarix yangi avlod uchun ta’sirchan va tushunarli shaklda taqdim etilgan. Islomiy qadriyatlar ham yuksak darajada namoyon etilgan. Menimcha, bu barcha musulmonlar va turkiy xalqlar uchun katta ahamiyatga ega. Markaz «ulkan loyiha» deb atadi. Bunday maskanlar tarixiy xotirani asrash bilan birga, yoshlarni o‘z ildizlari, ma’naviy va axloqiy qadriyatlari haqida fikr yuritishga undaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sayyora Imamova esa Markazning asosiy ustunligi tarixni yangi avlodga zamonaviy texnologiyalar vositasida yetkazishida ekanini ta’kidladi.

«Islom sivilizatsiyasi markazining barpo etilishi ortida, avvalo, davlatimiz rahbarining qat’iy irodasi, uzoqni ko‘zlagan qarashlari va yillar davomidagi ulkan mehnati mujassam. Bugun, yillar davomidagi mashaqqatli mehnatdan so‘ng, ana shu ezgu maqsadning amaliy natijasini ko‘rib turibmiz.

Islom sivilizatsiyasi markazida bor-yo‘g‘i ikki soat davomida O‘zbekistonning butun tarixi, buguni va hatto ertangi kuni bilan tanishish mumkin. Eng muhimi, bu tarix zamonaviy avlodga zamonaviy tilda yetkazilmoqda. Sun’iy intellekt, yangi axborot texnologiyalari va interaktiv imkoniyatlar orqali buyuk ajdodlarimiz go‘yo yana tilga kiradi, ularning ilmiy va ma’rifiy merosi bugungi avlod bilan muloqot qiladi. Ayniqsa, Yangi O‘zbekiston zaliga kirganingizda butunlay boshqacha tuyg‘uni his qilasiz. Shu zaminda tug‘ilib o‘sgan inson sifatida qalbingizda katta faxr va iftixor uyg‘onadi. Chunki u yerda O‘zbekistonning 35 yillik taraqqiyot yo‘li, bugungi islohotlar va ertangi maqsadlarini bir butun jarayon sifatida ko‘rish, anglash va his qilish mumkin. Bu yerda, haqiqatan ham, tarix so‘zlaydi.

Men qonunchilik sohasi vakili sifatida yana bir jihatni alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Markazda davlatchilik va qonunchilik tarixining ildizlari, bugungi huquqiy taraqqiyotimiz, jumladan, 2023 yilda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizgacha bo‘lgan jarayonlar ham izchil aks ettirilgan. Islom ma’rifati deganda biz, avvalo, insonlarni do‘stlikka, mehr-oqibatga, hamjihatlik va ezgulikka chorlaydigan ma’rifatni tushunamiz. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonning so‘nggi 35 yillik taraqqiyot yo‘li faqat iqtisodiy yoki ijtimoiy islohotlardan iborat emas. Bu yo‘l ma’naviy-ma’rifiy yangilanishlar bilan ham uyg‘un kechdi. Markaz ana shu jarayonlarning mazmun-mohiyatini ham ochib beradi.

Ayniqsa, xorijdan kelayotgan mehmonlarning Markazni ko‘rib, lol qolganiga guvoh bo‘lishning o‘zi katta quvonch. Ko‘plab mehmonlar O‘zbekistonga tashrifini aynan shu yerdan boshlash istagini bildirmoqda. Bu esa Markazning xalqaro nufuzi va ahamiyati qay darajaga ko‘tarilganini ko‘rsatadi. Markazning tashkil etilganidan ko‘p o‘tmay Ginness rekordlar kitobiga kiritilgani ham biz uchun katta iftixor. Bu natijalarning barchasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning qat’iy irodasi, tashabbusi va bevosita rahbarligi mujassam. Bugun biz ana shu mehnat samarasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib turibmiz», — dedi deputat.

Shuningdek o‘qing

26.09.2025·14827
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
29.10.2025·12221
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
27.09.2025·9949
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
30.09.2025·7979
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi
Barcha yangiliklar