Saytning test versiyasi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
banner

Yangiliklar

“Nafaqat muzey, balki ilm-fan maydonidir”. Belarus vakili Islom sivilizatsiyasi markazining yana bir sirini ochdi

O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixi, buyuk sivilizatsiyalar merosi va zamonaviy ilmiy-ma’rifiy salohiyati Belarus Respublikasi Milliy Majlisi vakillarida katta taassurot qoldirdi. Toshkentda o‘tkazilgan «Mustaqil O‘zbekiston — rivojlanish yo‘li: 35 yil — islohotlar, natijalar va istiqbollar» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirokchisi bo‘lgan Belarus delegatsiyasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, mamlakatning tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari Markazdagi har bir zalning o‘ziga xos konsepsiyasi va tarixiy mazmuniga alohida e’tibor qaratdi.

Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashi a’zosi Lyudmila Sapego Markaz arxitekturasi, ekspozitsiyalari va uning umumiy konsepsiyasi unda kuchli taassurot qoldirganini ta’kidladi.

Uning fikricha, Markazda O‘zbekistonning tarixi va milliy an’analari yaxlit bir makonda namoyon bo‘lgan.

– Haqiqatan ham, bu juda o‘ziga xos va salobatli inshoot. Unda butun mamlakat an’analari, tarixi aks etgani sezilib turadi. O‘z tarixiga bunchalik ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan xalqning kelajagi albatta baxtli va bundan ham go‘zal bo‘ladi. Buyuk tarix. Buyuk sivilizatsiyalar. Buyuk kashfiyotlar. Bu yerda ko‘rgan va eshitganlarimning barchasi betakror va unutilmasdir. Darhaqiqat, O‘zbekistonga tashrifi haqida gapirib berish kerak bo‘lgan har bir belaruslikka bularni yetkazishni istayman. Madaniyat, an’analar saqlanib qolishi, xalq hammasi nimadan boshlanganini va bundan keyin qanday rivojlanishini bilishi uchun ulkan e’tibor qaratgan davlat rahbari, muhtaram O‘zbekiston Prezidentining roli beqiyos. Bu juda qadrli va muhim.

Belarus delegatsiyasi vakili, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi a’zosi Irina Tokareva Markazning yana bir muhim jihatiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, Islom sivilizatsiyasi markazini faqat muzey sifatida baholash to‘g‘ri emas. Tokareva Markazning ilm-fan va ta’lim bilan uzviy bog‘liq holda faoliyat yuritishi uning ahamiyatini yanada oshirishini qayd etdi.

– Bu shunchaki qurilish majmuasi emas, eng muhimi — uning mazmun-mohiyatidir. Markazda 400 dan ortiq olim va tadqiqotchi faoliyat yuritishi uni nafaqat tarixiy merosni namoyish etuvchi, balki ilmiy izlanishlar va bilim almashinuvi uchun muhim maydonga aylantiradi. Bu jihat Markazning konsepsiyasidagi muhim yondashuvni ko‘rsatadi: tarixni namoyish etish bilan birga, uni tadqiq qilish, o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish. Bugun ta’lim va ilm-fanga qaratilayotgan e’tibor, xususan, yirik ilmiy-ma’rifiy loyihalarning amalga oshirilayotgani yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Eng ko‘p o‘qilganlar

Barcha yangiliklarni ko‘rish

Markazga tashrif

Markazga tashrifingizni rejalashtiring va ro‘yxatdan o‘ting.